Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

STIPENDIYALAR

    Universitetda stipendiya tayinlash o‘quv yilida ikki marotaba o‘tkaziladi va stipendiya avvalgi semestr yakuniy nazorat natijalari e’lon qilinganidan so‘ng, rektorning buyrug‘i bilan har bir o‘quv semestri oyining birinchi kunidan boshlab tayinlanadi va to‘lanadi.

    Davlat granti asosida ta’lim olayotgan, o‘quv semestri uchun o‘zlashtirish natijalari bo‘yicha uzrsiz sabablarga ko‘ra akademik qarzi (bir yoki undan ortiq fanlar bo‘yicha 55 foizdan kam reytingga) bo‘lgan talabalar keyingi o‘quv semestri oyining birinchi kunidan boshlab stipendiya olish huquqidan mahrum qilinadi. Belgilangan tartibda akademik qarzini bartaraf etgan (tegishli fanlar bo‘yicha 55 va undan ortiq foiz to‘plagan) va fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 30 foizdan kam qismi «qoniqarli» baho (reyting ko‘rsatkichi 71 balldan kam) bo‘lgan talabalarga stipendiya akademik qarzni bartaraf etish muddati tugaganidan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab, stipendiyaning bazaviy miqdorida keyingi o‘quv semestriga qadar tayinlanadi.

    Stipendiyali to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qat’i nazar bazaviy miqdordagi stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.

Universitetda bugungi kundagi stipendiyalar miqdori

T/r

Status

Oylik stipendiya miqdori

1

Bazaviy stipendiya

517 880

2

“A’lochi” (+20%)

621 456

3

“Nogiron” (+50%)

776 820

4

Doktorantura

5 647 140

5

Tayanch doktorantura

4 419 894

6

Stajer-tadqiqotchi

3 912 720