Institut direktori

Rajabov Toshpo‘lot Fayzulloyevich

  •  Qabul vaqti: Har kuni 12:00 dan 16:00 gacha
  •  Telefon: +99897 611-34-77
  •  Elektron pochta:

Biografiya

1997-2001 yillar - Samarqand davlat universiteti talabasi
2001-2003 yillar - Samarqand davlat universiteti magistranti
2003-2007 yillar - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Samarqand bo‘limi kichik ilmiy xodimi
2007-2010 yillar - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Samarqand bo‘limi aspiranti
2010-2012 yillar - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Samarqand bo‘limi kichik ilmiy xodimi
2012-2017 yillar - Samarqand davlat universiteti Ekologiya masalalari bo‘yicha muammoviy laboratoriyasi katta ilmiy xodimi
2016-2017 yillar - Samarqand davlat universiteti ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i
2017-2019 yillar – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi Kimyo-biologiya fanlari bo‘limi rahbari, ilmiy kotib
2019-2020 yillar - Samarqand davlat universiteti Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti dekani
2020 -2022 yillar - Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti dekani
2022-yildan - Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti direktori

INSTITUT HAQIDA

Universitet tarkibidagi yangi Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti 2022-yilda tashkil etildi. Mazkur institut zamonaviy ilm-fan yutuqlari, xususan ilg‘or biotexnologik yutuqlarni ta’lim tizimida keng va samarali joriy etish orqali zamonaviy agrar ta’lim tizimini shakllantirish va yangi avlod agromutaxassislarni tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilgan.
Institut tarkibida quyidagi 3 ta kafedra faoliyati yo‘lga qo‘yilgan: (1) Agrokimyo va o‘simliklarni himoya qilish kafedrasi; (2) Meva-uzumchilik va sabzavotchilik kafedrasi; (3) Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasi.
Bugungi kunda institutda 22 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Institutda 8 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishlari va 2 ta magistratura mutaxassisliklari mavjud. Institutda “Mevachilik va uzumchilik”, “Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik”, “Agrokimyo va agrotuproqshunoslik”, “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi”, “O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha)”, va “Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish” kabi bakalavr ta’lim yo‘nalishlari hamda Uzumchilik va uzumni qayta ishlash texnologiyasi va Himoyalangan yer meva sabzavotchiligi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida institut Italiyaning Bolonya universiteti, AQShning Nevada universiteti, Isroilning Xolon texnologiya instituti, Turkiyaning Anqara universiteti, Rossiyaning Belgorod universitetlari va mintaqamizda faoliyat ko‘rsatayotgan IKARDA va IKBA xalkaro agrar tadqiqot markazlari bilan hamkorlik olib bormoqda. Shuningdek, o‘quv jarayonining amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash maqsadida mahalliy qishloq xo‘jalik kooperatsiyalari va agrosanoat klasterlari bilan mustahkam hamkorlik ishlari o‘rnatilmoqda.

 Institutning o‘quv jarayonlarini zamon talablari va standartlariga mos ravishda tashkil etish maqsadida yetakchi xorijiy universitetlar bilan yaqindan hamkorlik olib borilmoqda.  Institutning xorijiy hamkorlari Italiyaning Bolonya universiteti, Vengriyaning Seged universiteti, AQSH ning Nevada universiteti, Turkiyaning Anqara universiteti, Rossiyaning Belgorod universiteti.

Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutida mavjud ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari

    Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari

Agrokimyo va agrotuproqshunoslik

O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha)

Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi (ekin turlari bo‘yicha)

Zooinjeneriya: baliqchilik

Mevachilik va uzumchilik

Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik

Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish

Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi

 

    Magistratura mutaxassisliklari

Eksperimental agrokimyo

Agrokimyo

Organik dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligi

O‘simliklar himoyasi (usullari bo‘yicha)

Subtropik va sitrus meva ekinlari

Uzumchilik va uzumni dastlabki qayta ishlash

Meva-sabzavotchilikda biotexnologiya

Sabzavotchilik va polizchilik

Kartoshkachilik

Himoyalangan yer meva sabzavotchiligi

Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi

   Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti kafedralari