Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor

Axatov Akmal Rustamovich

Biografiya

  • 2001-2004-yillar Samarqand davlat universiteti axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasida aspiranti;
  • 2003-2005-yillar Samarqand davlat  universiteti axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi assistenti;
  • 2005-2006-yillar Samarqand davlat universiteti axborotlashtirish texnologiyalari kafedra katta o’qituvchisi;
  • 2006-2014-yillar Samarqand davlat universiteti axborotlashtirish texnologiyalari kafedra dotsenti;
  • 2014-2016-yillar Samarqand davlat universiteti axborotlashtirish texnologiyalari kafedra professori;
  • 2016-2017-yillar Samarqand davlat universiteti xalqaro aloqalar bo’lim boshlig’i;
  • 2017-2019-yillar Samarqand davlat universiteti amaliy matematika va informatika fakulteti dekani;
  • 2019-yil fevral oyidan avgustga qadar O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari markazining innovatsiya va loyihalarni muvofiqlashtirish bo’limi boshligi’;  
  • 2019-2021-yillar Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari; 
  • 2021-2022-yil Samarqand davlat universiteti Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti “Tabiiy va aniq fanlar” kafedrasi kafedra mudiri.
  • 2022-yil fevral oyidan hozirgi vaqtagcha Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor

 

Vazifalar

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirish, xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganish va o‘quv jarayoniga tadbiq etish borasida muayyan ishlarni amalga oshirish.
  • Vazirlikning 2005-yil 13-apreldagi «Oliy ta’lim muassasalaridan xorijiy safarlarga borish to‘g‘risida»gi 81-sonli buyrug‘iga binoan chet el safarlariga yuborilayotgan universitetning vakillari hujjatlarini ko‘rib chiqish va muvofiqlashtirish.
  • Donor mamlakatlar va xalqaro moliya institutlarining texnik yordam dasturlari doirasida universitetda amalga oshirilayotgan loyihalarning monitoringini olib borish va har chorakda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga hisobot kiritish.
  • Yevropa Ittifoqining dasturlari bo‘yicha universitet tomonidan tayyorlangan loyihalarni ko‘rib chiqish va Yevropa Ittifoqi Komissiyasiga moliyalashtirish uchun vazirlikning tegishli xulosa va tavsiyalarini tayyorlash.
  • Universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari uchun loyihalar tahlili asosida seminar, davra suhbatlarini tashkil qilish.
  • Universitetning xorijiy hamkorlar bilan tuzadigan bitim, shartnoma va protokollarini ko‘rib chiqish, tahlil qilish va tavsiyalar berish. Zarurat bo‘lganda hujjatlarni tegishli tashkilotlar bilan kelishish.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi hukumati, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi nazoratidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlar va xalqaro iqtisodiy aloqalarga doir qabul qilingan hujjatlar ijrosini ta’minlash.
  • O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan elchixonalar va xalqaro ta’lim tashkilotlari va jamg‘armalari bilan hamkorlikda ta’lim sohasining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha seminar, o‘quv kurollari va ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish.
  • Xorijiy mamlakatlar ta’lim vazirliklari, xalqaro ta’lim tashkilotlari va diplomatik vakolatxonalar vakillari, chet el oliy ta’lim muassasalari delegatsiyalari bilan uchrashuvlarni tashkil kilish.
  • Xorijiy fuqarolarni o‘qitishdan kelib tushadigan valyuta tushumlari haqida oylik, chorak, yarim yillik va yillik hisobotlarni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi so‘rovlariga binoan tayyorlab borish.
  • Xorijiy hamkorlar tomonidan stajirovka o‘tash, malaka oshirish, o‘quv kurslarida qatnashish, magistratura va doktoranturada tahsil olish uchun e’lon qilinadigan grantlar tanloviga universitet professor-o‘qituvchilari, talaba, magistrant va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarini tavsiya etish.
  • E’lon qilinayotgan xalqaro grantlar haqida axborot jamlab tarqatish va universitet kafedralariga loyihalar tuzishga ko‘maklashish, hamda loyiha ijrosiga bevosita ishtirok etish.
  • Xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar haqida ma’lumotlarni to‘plash va fakultetga yetkazish. Universitetda o‘tkaziladigan anjumanlar haqida axborot tarqatish, universitet veb saytini yangilab borishga yordam ko‘rsatish.