Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi
Mintaqaviy markazi direktori
Babayarov Abdusattor Ibragimovich
- Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
- Elektron pochta: amaliy_fak@samdu.uz
Biografiya
- 1982-1984 yy. - Samarqand davlat universiteti hisoblash markazi muxandisi
- 1984-1985 yy. - Samarqand davlat universiteti injener dasturchi
- 1985-1987 yy. - Samarqand davlat universiteti tadqiqotchi
- 1987-1990 yy. - Samarqand davlat universiteti aspiranti
- 1990-1993 yy. - Samarqand davlat universiteti assistenti
- 1995-2001 yy. - Samaqand davlat universiteti «Hisoblash matematika» kafedrasi dotsenti
- 2002-2005 yy. - Samarqand davlat universiteti Amaliy matematika va informatika fakulteti dekan o‘rinbosari
- 2005-2008 yy. - Samarqand davlat universiteti Fizika matematika fakulteti dekan o‘rinbosari
- 2009-2017 yy - Samarqand davlat universiteti Mexanika-matematika fakulteti dekan o‘rinbosari
- 2017-2019 yy. - Samarqand davlat universiteti Amaliy matematika va informatika fakulteti dekan o‘rinbosari
- 2019-2020 yy. - Samarqand davlat universiteti Amaliy matematika va informatika fakulteti dekani
- 2020-2023 yy. - Samarqand davlat universiteti Raqamli texnologiyalar fakulteti dekani
- 2023-h.v gacha - Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi direktori.
Samarqand davlat universiteti huzuridagi mintaqaviy malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi 1999 yil sentyabr oyida universitet rektorining buyrug‘iga asosan malaka oshirish fakulteti negizida tashkil etilgan.
Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Mintaqaviy Markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ-1533-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 28 maydagi “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-1761-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 278-son qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PF-4732-sonli Farmoni asosida faoliyat olib borilishi belgilab berilgan.
Mintaqaviy Markazda qayta tayyorlash va malaka oshirish yo’nalishlari sifatida; gumanitar fanlar; matematika; tabiiy fanlar; sosiologiya va psixologiya; huquq; atrof-muhitni muhofaza qilish; ijtimoiy-gumanitar va tabiiy matematika bloklari fanlari belgilanib qo‘yilgan.
Mintaqaviy Markazga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi 12 ta oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Samarqand shahridagi 6 ta oliy ta’lim muassasasi, Navoiy viloyatidagi 2 ta va Jizzax viloyatidagi 2 ta hamda Sirdaryo viloyatidagi 1 ta oliy ta’lim mussasalari, ushbu viloyatlardagi xalq ta’limi tizimidagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari hamda Samarqand viloyatidagi barcha o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari biriktirilgan.
Mintaqaviy Markazda o‘rnatilgan tartibda tashkil etiladigan pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda “Pedagogik qayta tayyorlash” kurslari faoliyat olib bormoqda.
Mintaqaviy Markazda direktor, 2 ta bo‘lim (Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish va sifatini o‘rganish bo’limi; Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim dasturlari va ilg‘or tajribani joriy etish bo‘limi) boshlig‘i, uslubchi, muhandis-dasturchi, bosh hisobchi va g‘aznachi jami 7 ta xodim boshqaruv sohasida faoliyat ko‘rsatishi belgilab qo‘yilgan. Soatbay mehnat haqi to‘lanishi asosida dars mashg’ulotlari olib borish uchun mintaqadagi eng salohiyatli 100 nafardan dan ortiq ilmiy-pedagogik kadrlar va mutaxassislar jalb etilmoqda.