O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Besh muhim tashabbus”da belgilangan 1 tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish sohasida olib borilayotgan ishlar.

    1-tashabbus bo‘yicha – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish maqsadida universitetda “Talabalar teatr studiyasi”, “Quvnoqlar va zukkolar” klublari, “Shodlik ansambli”, “Musavvir”, “Dizayn”, “Dutorchi qizlar”, “Doirachilar” kabi san’at va musiqa to‘garaklari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

    Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 1-yoʻnalishi boʻyicha talabalarni san’at, musiqa, teatrga jalb qilish ularning iqtidorlarini namoyish qilishlari uchun sharoitlar yaratib berish va turli toʻgaraklarga jalb qilish yuzasidan koʻplab ishlar amalga oshirildi.

 

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Besh muhim tashabbus”da belgilangan Ikkinchi tashabbus - yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirish sohasida olib borilayotgan ishlar.

    2-tashabbus bo‘yicha – 2023-yil 21-sentabr kuni “Universitet kuni” munosabati bilan Universitet хiyobonida 1-bosqich talabalarini sport to‘garaklari va seksiyalariga jalb qilish maqsadida taqdimotlar tashkil etildi.

    Universitet sport klubi qoshida kurslar kesimida jami 84 ta, shundan 15 ta futbol, 4 ta basketbol (o‘g‘il, qizlar), 38 ta valeybol (o‘g‘il, qizlar), 10 ta shaxmat, 17 ta stol tennisi sport seksiyalari, yengil atletika (o‘g‘il, qizlar), badminton, kurash, qo‘l to‘pi sport turlari bo‘yicha to‘garaklar faoliyat ko‘rsatmoqda. Sport seksiyalari va to‘garaklariga 2500 nafardan ortiq  talabalar qamrab olingan.

    Universitet rektorining 2023-yil 11-maydagi 141-ij buyrug‘iga asosan sportning mini-futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi va shaxmat sport turlari bo‘yicha seksiyalar hamda ularning  rahbarlari tayinlangan. Sport seksiyalarining faoliyat ko‘rsatish uchun universitetda 5 ta yopiq sport inshootlari  mavjud bo‘lib,  shundan 4 tasi (36x18 metr va undan ortiq o‘lchamda), 1 tasi (18x9 metr o‘lchamda), mashg‘ulotlar uchun kerakli inventar jihozlardan sport to‘plari, voleybol to‘rlari, troslar, darvoza to‘rlari, raketka va tennis koptokchalari bilan ta’minlangan.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Besh muhim tashabbus”da belgilangan Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanishni tashkil etish bo‘yicha hamda, talabalar o‘rtasida kompyuter savodxonligini oshirish sohasida olib borilayotgan ishlar.

    3-tashabbus bo‘yicha – Universitetda zamonaviy talablar asosida jihozlangan 31 ta  kompyuter sinflarining barchasi WiFi tarmog‘iga ulangan, 10 ga yaqin lingafon sinfi, 82 ta Sensorli interaktiv doskalar, 20 ga yaqin LED ekranlar va Infokioskalar, 52 ta Elektron minbarlar talaba-yoshlarni zamonaviy axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini oshirish uchun xizmat qilmoqda. Universitetda 1851 ta kompyuter yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanib, o‘quv binolari, TTJ, ARM va ovqatlanish joylarida WiFi tizimi o‘rnatilgan bo‘lib, bir paytda 12000 dan ortiq talabalar internetdan unumli foydalanmoqda.

    Talabalar o‘rtasida kompyuter texnalogiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha universitet hududida faoliyat yuritayotgan IT park to‘g‘risida talabalarga ma’lumotlar berildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Besh muhim tashabbus”da belgilangan 4-tashabbus – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish sohasida olib borilayotgan ishlar.

    4-tashabbus bo‘yicha – Universitetda talabalar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi, A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot kutubxonasi, “Samarqand kitob olami”  bilan hamkorlikda uchrashuvlar, kitob taqdimotlari, kitob yarmarkalari va ko‘rgazmalar tashkil etilmoqda.

    Yoshlar orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish yuzasidan keng qamrovli va tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilmoqda, xususan universitetda “Zukko kitobxon”, “Yosh kitobxon” kabi tanlovlar, “Zakovat” intellektual oʻyinlari tashkil qilinmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Besh muhim tashabbus”da belgilangan Beshinchi tashabbus – Xotin-qizlarni ish bilan bandligini ta’minlash ishlarini tizimli tashkil etish sohasida olib borilayotgan ishlar.

    5-tashabbus bo‘yicha –Universitet talaba-qizlarining bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish, oilaga tayyorlash va hunarga o‘rgatish maqsadida “Qizlarjon” klubi, pazandachilik va tikuvchilik to‘garaklari faoliyat yuritmoqda. Yangi o‘quv yilida talaba-qizlarga kasb-hunar o‘rgatish va ish bilan ta’minlashga qaratilgan 10 ga yaqin loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

    Universitet talaba-qizlarini kasb-hunarga o‘rgatishda Samarqand viloyat Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi bilan hamkorlik qilinmoqda. Talaba-qizlar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida markazda o‘zlari qiziqqan kasb-hunarlarni o‘rganmoqda