Jamoatchilik boshqaruvi va nazorati kengashi
Kengash raisi
Qurbaniyazov Saparboy Xodjaniyazovich
- Qabul vaqti: Haftaning har kuni (3:00 - 4:00)
- Telefon: +99891 319-23-76
- Elektron pochta: jamoatchilik@ samdu.uz
Biografiya
1974-1977 yy. - Harbiy xizmatda
1977-1978 yy. - Samarqand davlat universiteti tayyorlov kursi tinglovchisi
1978-1983 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi
1983-2003 yy. - Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti ilmiy xodimi, o’qituvchisi
2003-2006 yy. - Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti dekani o’rinbosari
2004 y. - h.v. - Samarqand davlat universitetining «Astrofizika» kafedrasi dosenti
2015y. -h. v. - Samarqand davlat universiteti Jamoatchilik boshqaruvi va nazorat kengashi raisi
Kengashning maqsad va vazifalari:
Kengashning asosiy maqsadi - universitetda sog’lom ma’naviy, axloqiy, tarbiyaviy muhit yaratish, ijro intizomi nazoratini tashkil etish, jamoatchilik fikrini shakllantirish va uning nufuzini ko’tarish asosida jamoatchilik boshqaruvini amalga oshirishdir.
Kengashning faoliyati quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirishga yo’naltiriladi:
O’quv, o’quv-uslubiy faoliyat sohasida:
1. Universitet fakultetlari, kafedralarida o’quv ishlarini vazirlik tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar talablari asosida amalga oshirilishini o’rganish, o’quv guruhlarini, potoklarni shakllantirishni, o’quv jarayoniga tegishli dars jadvallari sifatini nazorat etish va tavsiyalar berish.
2. Kafedralarda o’quv yuklamalarining me’yoriy talablar asosida, odilona taqsimot qilinishini nazorat etish, tavsiyalar berish.
3. Professor-o’qituvchilar tomonidan o’quv mashg’ulotlari jadvaliga to’la rioya etish, o’quv mashg’ulotlarini ko’chirish, o’quv mashg’ulotlarini o’tkazmaslik, darsga kech qolish, darslarni belgilangan vaqtidan erta tugatish hollarini nazorat etish, ularning sabablarini aniqlash, tahlil qilish, kafedra mudirlari, dekanatlarga tegishli tavsiyalar berish.
4. Ichki inspeksiya bilan hamkorlikda kafedralarda professor- o’qituvchilar tomonidan o’zaro darsga kirish, ochiq o’quv mashg’ulotlarini, muammoli darslarni tashkil etish rejalarining talab darajasida bajarilishini tekshirish. Zaruriy hollarda tegishli mutaxassislar ishtirokida ishchi guruhlar tuzib, o’quv mashg’ulotlari sifatini o’rganish, tavsiyalar berish.
5. Fakultetlar, kafedralar ixtiyoridagi kompyuter sinflarining, shaxsiy kompyuterlar, boshqa audio, video vositalar hamda laboratoriya uskunalari bilan ta’minlanganlik darajasi va ularning ishchi holatini aniqlash, o’quv-laboratoriya uskunalari va jihozlaridan oqilona foydalanish darajasini o’rganish, nazorat etish va tavsiyalar berish.
6. Kafedralarda fanlardan o’quv mashg’ulotlarining zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilishi, zaruriy qo’llanmalarning, elektron o’quv-uslubiy majmualarning yaratilishi, o’qitish tizimiga zamonaviy informasion texnologiyalar, masofaviy o’qitish uslublarini qo’llash faoliyatini o’rganish, nazorat etish va tavsiyalar berish.
7. Talabalarning o’quv mashg’ulotlariga qatnashishi, sababsiz dars qoldirishlar, darsga kechikish, darslardan sababsiz ketib qolish hollarining sababini o’rganish, nazorat etish va tegishli tavsiyalar berish. O’quv guruhlaridagi intizomni kuchaytirish, o’qishga nisbatan talabalarning mas’uliyatini oshirish.
8. Fakultet dekanlari tomonidan dars qoldiruvchi talabalarga nisbatan me’yoriy hujjatlar talablari asosida zaruriy choralar ko’rilishi, kerakli hujjatlarni rasmiylashtirilishini nazorat etish va mavjud qoidalar asosida faoliyat yuritilishini ta’minlash.
9. Fakultetlardagi ota-onalar Kengashi bilan hamkorlikda sababsiz dars qoldiruvchi talabalarning oilaviy sharoitini o’rganish, talabalarning ota-onalari bilan sababsiz dars qoldirish oqibatlari haqida suhbatlar o’tkazish.
10. Professor, dosent hamda kafedra mudirligiga tavsiya etilayotgan professor-o’qituvchilarning ochiq darslariga qatnashish, kafedra yig’ilishida muhokama qilish va universitet ilmiy kengashida o’z fikrini bildirish.
11. Talabalarning fanlardan qoldirgan o’quv mashg’ulotlarini (dars soatlarini) qayta ishlashi, professor-o’qituvchilar va guruh jurnallarida davomatning belgilanishi, qayta ishlash jurnallarining to’ldirilishi, professor-o’qituvchilarning bu masala bo’yicha talabchanligini o’rganish va zaruriy tavsiyalar berish.
12. Joriy va oraliq baholashlarning jadval asosida o’tkazilishi, jadvalga rioya qilmaslikning sabablari, joriy, oraliq baholashlarda talabalarga qo’yilayotgan baholarning asoslanganligi, talabalarning joriy va oraliq baholashlarda yozgan yozma ishlari va bajargan topshiriqlarining odilona baholanganligi, bu ishlarning amalga oshirilishida professor- o’qituvchilar tomonidan tanish-bilishchilikka yo’l qo’ymaslik, talabalar bilimini baholashga xolisona-odillik bilan yondashish kabi ishlarni o’rganish va tahlil etish, tegishli xulosalar tayyorlash, tavsiyalar berish.
13. Fanlardan yakuniy baholashlarni yozma yoki og’zaki shaklida o’tkazishda ishchi guruh a’zolari sifatida qatnashish, nazorat etish, xulosalar tayyorlash, chora-tadbirlar belgilashga oid tavsiyalar berish.
14. Bakalavr va magistratura ta’limida fanlar kesimida o’quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodi bilan ta’minlanganligi, mazkur adabiyotlarning axborot resurs markazi fondida talaba soniga nisbatan foizini aniqlash va bu to’g’risida tavsiyalar berish.
15. Kurs ishlarini himoyalarida qatnashish, odillik va holisona baholash tamoyillarining buzilmasligini nazorat etish, kerakli tavsiyalar berish.
16. Bitiruvchi talabalarning DASlarida yozma yoki og’zaki sinov ishlarini olishda ishtiroq etish, BMI himoyalarida qatnashish, odillik va holisona baholash tamoyillarining buzilmasligini nazorat etish, kerakli tavsiyalar berish.
17. Magistrlik dissertasiyalari himoyalarida qatnashish, odillik va holisona baholash tamoyillarining buzilmasligini nazorat etish, kerakli tavsiyalar berish.
18. Universitet professor-o’qituvchilarining bazaviy oylik maoshlari kategoriyalarini hamda yillik ish faoliyat reytingini hisoblashda (aniqlashda) hay’at a’zolari sifatida qatnashib, reytingini hisoblashda holisona-odillik prinsiplariga amal qilinishini ta’minlashda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.
19. Talabalarning o’quv rejasida belgilangan ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlarining sifati, talabalarning amaliyotdagi faolligi, amaliyotlar o’tkazilayotgan korxonalar, muassasalar rahbariyatining fikrlarini o’rganish maqsadida ishchi guruh tuzib, joylarda tekshirishlar o’tkazish, xulosalar tayyorlash va tavsiyalar berish.
20. Kafedralar va fakultetlarning yillik hisobotlarini rektorat tomonidan ko’rib chikishda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.
21. Yangi o’quv yili uchun talabalar qabul komissiyasi ishlarida jamoatchilik asosida qatnashish, test sinovlari natijalarini, to’lov shartnoma asosida talabalar qabulini o’rganish. Talabalikka qayta tiklash komissiyasi majlislarida ishtirok etish.
Ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy tarbiya faoliyati sohasida:
22. Universitet professor-o’qituvchilari, xodimlari va talabalari o’rtasida sog’lom ma’naviy-axloqiy muhitning mavjudligini o’rganish va bu muhitning buzilishiga olib keluvchi sabablarni tahlil etish, zaruriy tavsiyalar berish.
23. Universitetda ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo’yicha tashkil etiladigan tadbirlar rejasini o’rganish, tahlil qilish va bu tadbirlarning o’quv jarayoniga halaqit bermasligini, talabalarni o’quv mashg’ulotlaridan asossiz ravishda ozod qilib, turli tadbirlarga jalb etish sabablarini o’rganish, xulosalar tayyorlash, tavsiyalar berish.
24. Talabalarni hasharlarga, universitet hududidagi turli xo’jalik ishlariga jalb etishni, o’quv mashg’ulotlariga halaqit bermagan holda tashkil etilishini nazorat etish va bu tadbirlar tufayli dars qoldirishlariga yul qo’ymaslik hakida tavsiyalar berish.
25. Professor-o’qituvchilar tomonidan talabalar bilimini holisona baholamaslik, ta’magirlik qilish hollarini yo’qotishga doir chora-tadbirlar ko’rish, nazorat etish.
26. Fanlardan nazoratlarni topshirish maqsadida talabalar tomonidan professor-o’qituvchilarga ta’magirlik harakatlarini oldini olish.
27. Universitet professor-o’qituvchilarini va xodimlarini ijtimoiy himoyalash va ularga mukofotlar belgilashda ijtimoiy adolat tamoyillariga rioya etilishi, mukofotlanishda shaxsning o’z xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarilishini, jamoat ishlarida, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirokini hisobga olinishini hamda hammaga bir xil miqdorda mukofot berilishiga yo’l qo’ymaslik kabilarni nazorat etish hamda tavsiyalar berish.
28. Universitet talabalarini ijtimoiy himoya etish, ularga stipendiyalarni o’z vaqtida berilishi, stipendiyalardan har xil maqsadlar uchun ushlab qolinishi, talabalardan turli maqsadlarda pul to’plash, ularga zarur bo’lmagan kitoblar, to’plamlarni majburiy sotish, majburiy ravishda teatrlar, konsertlarga chiptalar tarqatish kabi ishlarni nazorat etish va bunday holatlarga yo’l qo’ymaslik.
29. Universitet talaba-yoshlarining talabalar uylaridagi, xususiy xonadonlardagi yashash sharoitlarini o’rganish, ularning shart- sharoitlarini yaxshilash, rektorat, dekanatlar, kafedralar tomonidan bu ishlarni nazorat etilishini o’rganish, bu ishlarni yaxshilash bo’yicha tavsiyalar berish.
30. Talabalar tomonidan talabalar uylaridagi, o’quv binolaridagi davlat mulkidan ehtiyotkorona foydalanish qoidalariga amal qilinayotganligini o’rganish.
31. Universitet talabalari orasida tartibbuzarlik, ahloksizlik, giyohvandlik, ichkilikbozlik kabi illatlarning tarqalishini oldini olish va ota-onalar kengashi bilan hamkorlikda bu salbiy holatlarga qarshi faoliyat yuritish, nazorat etish, ahvolni yaxshilashga oid chora-tadbirlar ko’rishga tavsiyalar berish.
32. Universitet talaba-yoshlarining universitet hududida, shaharda, yashash joylarida har xil jinoiy elementlar, guruhlar ta’siriga berilmaslik, jamoat tartibiga, qonunchilikka rioya etishlarini o’rganish, nazorat etish va tavsiyalar berish.
33. Universitet talabalarining umumiy ovqatlanish joylaridagi taomlar sifatini va narxini o’rganish, tavsiyalar berish.
34. «Samarkand universiteti» gazeta tahririyati bilan birgalikda, gazeta sahifalarida ta’lim-tarbiya, axloq, ma’naviyat va boshqa mavzularda, ta’sirchan, qiziqarli, tanqidiy maqolalarning chop etilishini ta’minlashda ishirok etish.