Samarqand davlat universiteti matematika fakulteti talabasi Fayzullo Mardiyev. 2017-yildan boshlab, shashka sport turi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Besh karra Jahon, ikki marta Osiyo hamda o‘n marotaba O‘zbekiston chempioni bo‘lgan.   

    - Shu kungacha bir qator nufuzli yutuqlarga erishganman. Bularning barchasi uchun meni qo’llab turgan ota-onam, ustozim Amirullo Abdullayevga va men uchun qadrli bo’lgan Samarqand davlat universitetiga minnatdorlik bildiraman, - deydi Fayzullo Mardiyev.  – Turkiyada bo’lib o’tgan Jahon chempionati menda juda katta taassurot qoldirdi. Chempionatda 12 nafar yurtdoshlarimiz bilan Vatanimiz sharafini himoya qildik. Shashkaning rapid yo’nalishi bo’yicha yetti turda ham g’alaba qozonib, oltin medalni qo’lga kiritdim. Bu albatta oson bo’lmadi. Ayniqsa, Qozoqistonlik raqibim bilan bellashuvda biroz qiynaldim. Tog’risi juda ham qiziqarli musoboqa bo’ldi. Klassika yo’nalishidagi jamoaviy bellashuvda esa ikkinchi o’rinni egallab, kumush medal sohibiga aylandim. Unda 3 kishidan iborat bo’lgan 12 guruh o’zaro bellashdi. Ukrainalik jamoaga finalda yutqazib qo‘ydik. Bu o’yinda men o’zim uchun bir olamni kashf etdim. Keyingi musoboqagacha albatta o’z ustimizda ko’proq ishlab, g‘alaba qozonishimizga ishonaman…

Behruz Shamsiddinov
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi
Shavkat Akramov olgan suratlar
.