BITIRGANLAR ASSOTSIATSIYASI
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Bitirganlar assosiasiyasi (SamDU BA), universitetning an’ana va qadriyatlari, nufuzini saqlash va mustahkamlash, mamlakat ichida va xalqaro miqyosda aloqalarni kengaytirish, jamiyat taraqqiyoti yo‘lida ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish, har bir shaxsning ijodiy va kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashuvchi, huquqiy maqomga ega bo‘lmagan, ixtiyoriy uyushmadir.
Assotsiatsiyaning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
- SamDU talabalari va bitiruvchilarining barcha avlodlari o‘rtasida kasbiy birdamlikni mustahkamlash, inson-jamiyat-davlat manfaatlari yo‘lida bitiruvchilarni birlashtirish, oliy ta’limning ijtimoiy martabasii oshirish;
- SamDU bitiruvchilarini assotsiatsiya orqali universitet jamoasi va bitiruvchilar bilan aloqalarini faollashtirish va rag‘batlantirish;
- SamDU bitiruvchilarining intellektual salohiyatidan samarali foydalanishni oshirish va mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashda universitet imkoniyatlarini kengaytirish;
- Universitetning an‘analarini saqlash va mustahkamlash, universitet nufuzini mamlakat ichida va xalqaro hamjamiyatlarda oshirish;
- SamDU taraqqiyotiga yordam beruvchi sobiq kuchlarni birlashtirish.
Assotsiatsiyaning vazifalari:
- Bitiruvchilarni universitet va o‘zaro bitiruvchilar bilan muntazam aloqalarini ta‘minlash uchun axborot-kommunikasion muhitni yaratadi;
- SamDU va uning bitiruvchilari, assotsiatsiya a’zolari o‘rtasida ijtimoiy, pedagogik, ilmiy va ishchanlik aloqalarini kengaytirishda yordamlashadi;
- Professional uyushmalarda universitetni munosib taqdim etadi (ifodalaydi);
- Samarqand davlat universitetini ta’lim, ilm-fan, adabiyot va san’at, sport sohalarida yetakchilik rolini oshirishda, intellektual mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan malakali mutaxassislarni tayyorlashda faol ishtirok etadi;
- Assotsiatsiya a‘zolarini, SamDUda hamda O‘zbekiston va xorijiy ilmiy-o‘quv muassasalarida, kasbiy qayta tayyorlash va malakasini oshirishda ko‘maklashadi;
- Oliy ta’lim tizimida ta’lim va ilmiy tadqiqotlarning tashkil etishning samarali shakl va texnologiyalarini rivojlantirishga yordam beradi;
- SamDU yoshlarini kasbga yo‘naltirishda, universitet bitiruvchilarini taqsimlash va ishga joylashtirishda yordam ko‘rsatadi;
- SamDUni ijtimoiy sherikchiligini rivojlantirishda, ish beruvchilarning, davlat va mahalliy hokimiyat, ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlariing o‘zaro qiziqish va istaklarini muvofiqlashtirish va amalga oshirishda yordam ko‘rsatadi;
- SamDUda qo‘shimcha kasbiy ta’limni rivojlantirishga ko‘maklashadi;
- Assotsiatsiyaning axborot, huquq va reklama xizmati ko‘rsatishning yangi jamoa shakllarini tashkil qiladi va rivojlantiradi;
- Assotsiatsiya a’zolariga bevosita tegishli (taalluqli) ilmiy-texnik g‘oyalarni amalga oshirish uchun sharoitlarni yaratadi;
- Universitet bitiruvchilarining uchrashuvlarini o‘tkazishga yordam ko‘rsatadi, ish beruvchilarning takliflari asosida o‘quv reja va dasturlarini transformatsiya qilishda, ish beruvchilarning universitet bitiruvchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalariga bergan baholarini umumlashtirish va tahlil qilishda ko‘maklashadi;
- SamDU va mamlakat tashkilotlari, xorijiy davlatlar tashkilotlari o‘rtasida ta’lim va ilmiy faoliyatda, tashkilotchilik va tadbirkorlik, ishchanlik aloqalarini o‘rnatishda yordam beradi;
- Assotsiatsiya a’zolarini SamDU Kengashi va fakultetlar Kengashlariga saylashga tavsiya etadi;
- SamDU Kengashi bilan universitetning umumiy rivojlanish istiqbolarini belgilashda va amalga oshirishda hamkorlik qiladi.