Samarqand davlat universiteti “Registrator ofisi”
“Registrator ofisi” bo’lim boshlig’i
ABDUJABBOROV SOBIR BAHRONOVICH
- Qabul vaqti: Dushanba, Juma 15.00-17.00
- Telefon: (91) 539-08-91
- Elektron pochta: s.bahronovich@gmail.com
Biografiya
- 1977-yil 5-dekabrda Samarqand viloyati Pastdarg’om tumanida tug’ilgan
- 1994-1999 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi
- 1999-2000 yy. - Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti qoshidagi iqtisodiy ta’lim mintaqaviy markazi o’qituvchisi
- 2000-2005 yy. - Samarqand davlat universiteti menejment kafedrasi o’qituvchisi
- 2005-2008 yy. - Samarqand davlat universiteti buxgalteriya hisobi va menejment kafedrasi o’qituvchisi
- 2008-2011 yy. - Samarqand davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiyot va menejment kafedrasi o’qituvchisi
- 2011-2022 yy. - Samarqand davlat universiteti Inson resurslarini boshqarish fakulteti o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari
- 2022-2023yy. - Samarqand davlat universiteti Moliya-iqtisod ishlari bo’yicha prorektori
- 2023 y.-2024yy. - Samarqand davlat universiteti 2-o’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i o’rinbosari
- 2024.01.10 dan - Samarqand davlat universiteti Registrator ofisi boshlig’i.
“Registrator ofisi” ning vazifalari
Samarqand davlat universitetining “Registrator ofisi” talabalikka qabul, oʻquv jarayoni va talabalarga xizmat koʻrsatish, akademik faoliyatni tashkil etish hamda taʼlim jarayonining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, unversitetning https://hemis.samdu.uz/ platformasida о‘quv jarayoni tashkil etish, tizimda byurokratik toʻsiqlar yuzaga kelishini oldini olish va tahliliy maʼlumotlarni shakllantirish, shuningdek, qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish kabi vazifalarni amalga oshiruvchi universitetning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
Ofis oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hayʼat qarorlari, buyruqlari, universitet Nizomi, universitet Kengashi qarorlari, universitet rektori buyruqlari hamda mazkur Nizomga muvofiq olib boradi.
Ofis faoliyatiga universitet rektori tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Ofis boshlig‘i rahbarlik qiladi. Ofis boshlig‘i o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorga bo‘ysunadi hamda fakultet, kafedra, oʻquv-uslubiy boshqarma va boshqa taʼlim tuzilmalari bilan hamkorlikda ishlaydi.
“Registrator ofisi” oʻz funksiyalarini bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
- davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va fanlar dasturlari yangilanayotganda ushbu meʼyoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish;
- har oʻquv yilida kafedralar va o‘quv-uslubiy boshqarmaga ishchi oʻquv rejalari hamda fanlarning oʻquv va ishchi oʻquv dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish;
- fakultetlar va kafedralardan ishchi oʻquv rejalari, fanlarning ishchi dasturlari, professor-oʻqituvchilarning shaxsiy ish rejalarini so‘rab olish;
- tayyorlanayotgan meʼyoriy va boshqa hujjatlar boʻyicha kafedralardan ushbu hujjatlar loyihalariga takliflar va tavsiyalar so‘rab olish;
- kafedralarda tayyorlanayotgan darslik va oʻquv qoʻllanmalari hamda boshqa turdagi akademik materiallar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soʻrab olish;
- dekanatlar, kafedralar va boshqa boʻlimlardan oʻquv jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlar va maʼlumotlarni ham olishi;
- “Registrator ofisi” amaldagi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi;
- “Registrator ofisi” vakolatiga kiradigan masalalarni muhokama qilish bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazish hamda seminarlar tashkil etishi mumkin.
“Registrator ofisi”ning oʻz funksiyalarini bajarishdagi majburiyatlari:
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Qonunchilik palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Hukumat va vazirlik topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
- “Registrator ofisi”ga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali tashkil etish;
- jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini o‘z vaqtida kо‘rib chiqish;
- meʼyoriy hujjatlar loyihalarini (loyihalarga takliflarni) sifatli va o‘z vaqtida tayyorlash hamda rahbariyatga taqdim etish;
- Samarqand davlat universitetida oʻquv jarayonini tasdiqlangan davlat taʼlim standartlari asosida tashkil qilish, ushbu jarayonga huquqiy-meʼyoriy va boshqa hujjatlarning toʻla joriy etilishini ta’minlash.