Bugungi kunda tezkor va globallashuv davrda yuqori malakali dasturchi va mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishni taqozo qilmoqda. Hozirgi kun va kelajagimizni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda sohaning yetuk kadrlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

    Dasturlash bo‘yicha dunyoning eng nufuzli musobaqasi ICPC turnirining ilk saralash O‘zbekiston va Tojikiston bosqichi start oldi. Unda Samarqand davlat universiteti Start-Up loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi inkubatsiya markazi rezidentlaridan iborat 9 jamoa keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun kurashishdi. Quvonarli jihati universitetdagi barcha jamoalar ilk martotaba xalqaro olimpiadaning 2- bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. Keyingi bosqich 19- dekabr sanasida Toshkentdagi Astrum Academyda bo‘lib o‘tadi.

    Bu yerda jamoalar xalqaro ICPC dasturlash bo‘yicha olimpiada bilan bir qatorda IT CUP musobaqasi finalida ham ishtirok etishadi.

    Bu haqida keyinroq batafsil ma’lumot beramiz.

Behruz Shamsiddinov

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi