2022-yil 29-mart kuni tungi soat 2:00 atrofida Samarqand davlat universitetining kechki ta’lim bo‘limida tahsil oluvchi talaba S.E. 1-yotoqxonaning 9-qavatidan o‘zini tashlagan va voqea joyida vafot etgan.
     Samarqand davlat universiteti ma’muriyati marhumning oila a’zolariga chuqur ta’ziya bildiradi. 
     Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati shuni ma’lum qiladiki, talaba S. E. og‘ir, bosiq bo‘lgan. U universitet o‘qituvchilari va kursdoshlari bilan hech qanday ziddiyatga bormagan. 
     Mazkur holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Vaziyat haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
     Ushbu masala Samarqand davlat universiteti rahbariyati tomonidan chuqur o‘rganilib, bunday hodisalar qayta takrorlanmasligi uchun qat’iy chora-tadbirlar belgilandi.
 
Samarqand davlat universiteti 
Axborot xizmati.