Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida «Yangi O‘zbekistonni o‘zimiz, o‘z qo‘llarimiz bilan bunyod etamiz!» shiori ostida respublika esselar tanlovini e’lon qilgan edi.

    Bugun Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida tanlovning fakultet bosqichiga start berildi.

    Tadbirni SamDU yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori Shahzoda Negmatova kirish so'z bilan ochdi.

    O'zbekiston ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasining respublika kengashi raisi Ravshan Bedilov talabalarni ushbu esselar tanloviga start berilishi bilan barcha talabalarni tabriklab, ularga omad tiladi.

    Ma'lumot uchun, tanlovning respublika bosqichi g'oliblari quyidagicha taqdirlanadi: 

    1-o'rin uchun - 30 million so'm;

    2-o'rin uchun - 20 million so'm;

    3-o'rin uchun - 10 million so'm.

    Shuningdek, respublika bosqichi barcha ishtirokchilari zamonaviy noutbuk bilan taqdirlanadi.