Oblokulov Dilshod Tojievich

  •  Qabul vaqti: Dushanba, Payshanba (14:00-15:00)
  •  Telefon: +99866 239 1079
  •  Elektron pochta: irossu1420@gmail.com

Biografiya

1978-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug’ilgan.

1993-1997 yy. - O‘zbekiston-Turkiya tijorat litseyi talabasi.

1998-2002 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz filologiyasi fakulteti bakalavriyat bosqichi talabasi.

2006-2008 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz filologiyasi fakulteti magistratura bosqichi talabasi.

2002-2006 yy.- Samarqand davlat universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi Ofis koordinatori.

2006-2012 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i.

2012-2013 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti fakultetlararo ingliz tili kafedrasi o’qituvchisi.

2013-2017 yy. - Samarqand davlat universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi loyiha koordinatori.

2017 y. – h.v. - Shanxay universiteti doktoranti, Xitoy, doktorantura (PhD).

2020 y. – h.y. - Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i.

Xalqaro aloqalar bo‘limi faoliyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirish, xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganish va o‘quv jarayoniga tadbiq etish borasida muayyan ishlarni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi hukumati, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iktisodiy aloqalar, savdo va investitsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi nazoratidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlar va xalqaro iqtisodiy aloqalarga doir qabul qilingan hujjatlar ijrosini ta’minlaydi.

Xalqaro aloqalar bo‘limining vazifalari

  • Vazirlikning 2005 yil 13 apreldagi «Oliy ta’lim muassasalaridan xorijiy safarlarga borish to‘g‘risida»gi 81-sonli buyrug‘iga binoan chet el safarlariga yuborilayotgan universitetning vakillari hujjatlarini ko‘rib chiqish va muvofiqlashtirish.
  • Donor mamlakatlar va xalqaro moliya institutlarining texnik yordam dasturlari doirasida universitetda amalga oshirilayotgan loyihalarning monitoringini olib borish va har chorakda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga hisobot kiritish.
  • Universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari uchun loyihalar tahlili asosida seminar, davra suhbatlarini tashkil qilish.
  • Universitetning xorijiy hamkorlar bilan tuzadigan bitim, shartnoma va protokollarini ko‘rib chiqish, tahlil qilish va tavsiyalar berish. Zarurat bo‘lganda hujjatlarni tegishli tashkilotlar bilan kelishish. 
  • O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan elchixonalar va xalqaro ta’lim tashkilotlari va jamg‘armalari bilan hamkorlikda ta’lim sohasining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha seminar, o‘quv kurollari va ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish.
  • Xorijiy fuqarolarni o‘qitishdan kelib tushadigan valyuta tushumlari haqida oylik, chorak, yarim yillik va yillik hisobotlarni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi so‘rovlariga binoan tayyorlab borish.
  • Xorijiy hamkorlar tomonidan stajirovka o‘tash, malaka oshirish, o‘quv kurslarida qatnashish, magistratura va doktoranturada tahsil olish uchun e’lon qilinadigan grantlar tanloviga universitet professor-o‘qituvchilari, talaba, magistrant va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarini tavsiya etish.
  • E’lon qilinayotgan xalqaro grantlar haqida axborot jamlab tarqatish va universitet kafedralariga loyihalar tuzishga ko‘maklashish, hamda loyiha ijrosiga bevosita ishtirok etish.
  • Xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar haqida ma’lumotlarni to‘plash va fakultetga yetkazish. Universitetda o‘tkaziladigan anjumanlar haqida axborot tarqatish, universitet veb saytini yangilab borishga yordam ko‘rsatish.