Samarqand davlat universiteti rektorining talabalar turar joylarida qizlar uchun tikuvchilik xonalari tashkil etish bo‘yicha topshirig‘i ijrosining navbatdagi qadami 8-sonli yotoqxonada amalga oshirildi.

    Tikuvchilik xonasining talabalarga topshirish marosimida SamDU xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi Sharofat To‘xliyeva ishtirok etib, talaba-qizlarning ishlariga muvaffaqiyat tiladi.

    Mazkur tikuvchilik xonasi 5 tikuv mashinasi bilan jihozlangan.

    – Tikuvchilik bilan 5 yildan beri shug‘ullanib kelaman, - deydi maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabasi Rejabboyeva Nurxonoy, - Ushbu xona men uchun yangi imkoniyat bo’ladi. Endi darsdan bo‘sh vaqtimda tikish bilan shug‘ullanib daromad olish bilan bir qatorda, o‘zim kabi talaba qizlarga tikuvchilikni o‘rgatishim ham mumkin.

Iroda Bekmurodova,

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.

Shavkat Akramov olgan suratlar.