Samarqand davlat universiteti tarix fakultetida xalqaro olimpiada o’tkazildi…

Samarqand davlat universitetida Tambov davlat universiteti bilan hamkorlikda “Zukko tarixchi” xalqaro talaba va magistrantlar olimpiadasi o‘tkazildi. Olimpiada 2 bosqichda o’tkazilib, g’oliblar aniqlandi:
1-o’rin tarix fakulteti magistranti Mahmudjon Suyarov;
2-o’rin tarix fakulteti talabasi Sherali Jo’rayev;
3-o’rin tarix fakulteti talabasi Ramazon Sayfiddinovlarga nasib qildi.
Olimpiada g’oliblari va ishtirokchilarga diplom va sertifikatlar topshirildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.