Shu o‘rinda savol tug‘iladi: ushbu markaz Samarqand ko‘chalarida yuz berayotgan tirbandliklarni qay darajada hal eta oladi?

    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti va Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutlari hamkorligida “Yo‘llarda transportlar harakatini optimal tashkillashtirish” ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi.

    Ushbu markaz faoliyatining asosiy maqsadi yo‘llarda transportlar harakatini tartibga solish va yuzaga keladigan tirbandlikning oldini olish bo‘yicha optimal boshqaruv mexanizmlarini ishlab chiqishdir. Shuningdek, markaz harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy ishlanmalarni tayyorlab, uni amaliyotga joriy etishi ham ko‘zda tutilgan.

    “Yo‘llarda transportlar harakatini optimal tashkillashtirish” ilmiy-amaliy markazi piyodalarning transport harakatlanayotgan hududlardagi xavfsizligini ta’minlash, avtomobil harakati natijasida ko‘chalarda hosil bo‘ladigan tirbandlikning ilmiy yechimini shakllantirish, jamoat transportlari uchun bekatlarni xavfsizlik nuqtai nazaridan loyihalash, yangi avtoturargohlarning loyihasini ishlab chiqishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.