- O‘zbek jang san’ati sporti bo’yicha O‘zbekiston chempioni;

    - “SWM Awards” tomonidan “Eng intizomli sardor” nominatsiyasi g’olibi;      

    - “O’rta Osiyo xotin-qizlari lideri”;

    - Samarqand volontyorlar maktabi koordinatori Baxtigul Ergasheva MDH davlatlari talabalari orasida birinchi.

    Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti 2-bosqich talabasi Baxtigul Ergasheva MDH davlatlari o‘rtasida tashkil etilgan “Eng yaxshi ilmiy tadqiqotchi” xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovida o‘z maqolasi bilan ishtirok etib, “Eng yaxshi ilmiy tadqiqotchi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Uning ijtimoiy fanlar yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun masofaviy ta’limning afzalliklari, madaniyatlararo kompetensiyani shakllantirish vositasi sifatida tutgan ahamiyati borasidagi tahliliy qarashlari ilmiy jamoatchilik tomonidan ijobiy e’tirof etildi.

    Baxtigul Samarqand viloyati volontyorlar maktabi koordinatori, Samarqand sardorlar maktabi boshqaruv kengashi a’zosi sifatida bir qator loyihalarda ishtirok etgan. Sportning o‘zbek jang san’ati turi bo‘yicha O‘zbekiston chempioni. U o‘tgan yilda “SWM Awards” volontyorlarni taqdirlash marosimida “Eng intizomli sardor” nominatsiyasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan. “Samarqand volontyorlar maktabi mentor treneri” ishonch yorlig‘iga sazovor bo‘lgan. Shu yilning dekabr oyida Respublika volontyorlari forumida “O‘rta Osiyo xotin-qizlari lideri” nominatsiyasi sovrindorligini qo‘lga kiritgan. U jamoat ishlari bilan bir qatorda rus adabiyoti bo‘yicha ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanib keladi. Ilmiy rahbari rus filologiyasi kafedrasi mudiri, dotsent Shahnoza Eshniyozova. Baxtigul Ergashevaning Rossiya, AQSH, Ispaniya davlatlaridagi nufuzli ilmiy nashrlarda maqolalari chop etilgan. Uning tadqiqotlari rus adabiyoti yo‘nalishlari hamda ularga xos xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan.

Iroda Bekmurodova,

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.

Shavkat Akramov olgan suratlar.