Aymatov Aminjon Qudratovich

Psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti dekani | Falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent

 

 

Falsafa, Dinshunoslik, Dinlar falsafasi, Oila ma'naviyati

 

 

 

 

 

"2001-2005 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi
2005-2007 yy. - Samarqand davlat universiteti magistranti
2007-2011 yy. - Samarqand davlat universiteti milliy g‘oya, falsafa va fan metodologiyasi kafedrasi assistenti
2011-2012 yy. - Samarqand davlat universiteti milliy g‘oya va falsafa kafedrasi assistenti
2012-2013 yy. - Samarqand davlat universiteti milliy g‘oya va falsafa kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi
2013 –2015 yy. - Samarqand davlat universiteti demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi
2015– 2017 yy. - Samarqand davlat universiteti demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti
2017 – 2020 yy. - Samarqand davlat universiteti fuqarolik jamiyati milliy g‘oya kafedrasi mudiri
2020 – 2021 yy. - Samarqand davlat universiteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor
2021 – 2022 yy. – Sharof Rashidov nomli Samarqand davlat universiteti O‘zbekiston – Finlandiya pedagogika instituti pedagogika fakulteti dekani
2022 y – h/v. – Sharof Rashidov nomli Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti dekani
"

 

 

Shaxsning tabiatga estetik munosabatini shakllantirishda ekologik ongning roli mavzusida ilmiy faoliyat olib bormoqda. Xalqaro hamjamiyatning, global ekologik tahdid xavfi oldini olish, oqibatlarini bartaraf qilishni obyektiv zaruriyat deb eʼtirof etishi, va umuman uning mustahkam ilmiy-nazariy, metodologik-konseptual asoslarini yaratishda ekologik ong va madaniyat, xususan ekoestetikaning boshqa ijtimoiy ong shakllari bilan integratsiyalashish imkoniyatlarini falsafiy tahlil qilishni dozarblashtirmoqda. Ayniqsa, hozirgi davrda insoniyat ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-madaniy hayoti taraqqiyotini belgilovchi mezonlar tizimida ekologik ong va madaniyat ustuvorlashuvi qonuniyat maqomiga ega bo‘lib, ijtimoiy ong shakllarini ekologiyalashtirish tamoyillari va yo‘nalishlarini belgilab bermoqda. Bu esa, o‘z navbatida, tabiatga ekologik munosabat va jamiyat estetik madaniyatining korrelyatsion va integrativ aloqadorligini ilmiy tadqiq qilish zaruriyatini kun tartibiga qo‘ymoqda.