SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI INKUBATSIYA MARKAZI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-avgustdagi 07/1-1720-sonli topshirig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-4851-son Qarori  hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 27-noyabrdagi 87-03-4981-son  xatiga asosan Samarqand davlat universiteti rektorining 201-ij buyrug‘i asosida Samarqand davlat universitetida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-park) xududiy filiali inkubatsiya markazi tashkil etildi.

Markazning rasmiy nomi:  Samarqand davlat universiteti Startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlovchi Inkubatsiya markazi.

Markazning rasmiy sayti: http://inkubatsiya.samdu.uz/

Inkubatsiya markazining boshlig‘i texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Nazarov Fayzullo Maxmadiyarovich

+998944798640, fayzullo-samsu@mail.ru

Nazarov Fayzullo Maxmadiyarovichning mehnat faoliyati

2008-2012 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi

2012-2014 yy. - Samarqand davlat universiteti magistranti

2014-2015 yy. - Samarqand davlat universiteti Matematik modellashtirish kafedrasi kabinet mudiri

2015-2019 yy. - Samarqand davlat universtiteti Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi assistenti

2019-2021 yy. - Samarqand davlat universtiteti tayanch doktoranti

2021-2021 yy. - Samarqand davlat universtiteti Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi dotsenti

2021-2023 - yy.- Samarqand davlat universtiteti Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi mudiri

2023- h.v. Samarqand davlat universtiteti Intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti

 

 

Inkubatsiya markazining asosiy vazifalari

Universitetning professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, magistrantlar va iqtidorli talabalarining Startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash.

Viloyat hamda Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning ilmiy-texnik muammolarining yechimiga yo‘naltirilgan ilg‘or va innovatsion ishlanmalar, texnologik loyiha va startaplar bazalasini shakllantirish. Talabalarning bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari mavzularini ushbu ilmiy muammolariga yo‘naltirilishni ta’minlash.

Tadbirkorlar va ishlab chiqarish vakillari bilan muntazam ravishda seminar-treninglar tashkil etish, ilmiy tadqiqot muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli innovatsion hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ta’minlansin, hamkorlikda bajarilgan tayyor ishlanmalarni ishlab chiqarish va soha tashkilotlariga taqdim etish.

Startap-loyihalarni amalga oshirishda, shu jumladan, venchur moliyalashtirish asosida qo‘llab-quvvatlash, axborot texnologiyalari sohasida boshlovchi va kichik korxonalarga innovatsion faoliyat natijalarida ko‘maklashish.

Startap  tanlovlar va musobaqalar tashkil etish asosida iqtidorli yosh dasturchilarni saralab olish.

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida malaka oshirgan  professor-o‘qituvchilar yordamida Samarqand davlat universiteti  talabalarini loyihaga keng jalb etish orqali tajriba va ishtirokchilar sonini oshirish.

Inkubatsiya markazi tomonidan universitet, Viloyat hamda Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar uchun dasturiy mahsulotlar yaratish hamda amaliyotga joriy qilish.

   

 

Markazning huquqlari va majburiyatlari

Universitetning professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, magistrantlar va iqtidorli talabalarning Startap loyihalarini shakllantirish uchun maslahat markazini yuritadi.

Universitetning professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, magistrantlar va iqtidorli talabalarning Startap loyihalarini shakllantiradi

Istiqbolli startap-loyihalarni moliyalashtirish universitet ichki mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarni jalb qilgan holda amalga oshiradi.

Startap-loyihani amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratish startap-loyiha tashabbuskori tomonidan imzolangan shartnomaga asosan ishlash uchun xonalar va uskunalar ajratish, yuqori tezlikdagi Internet bilan ta’minlashni amalga oshiradi.

Dasturlash bo‘yicha kadrlar tajribasini oshirish uchun olimpiadalar tashkil qiladi.

Istiqbolli startap-loyihalarni moliyalashtirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi va uning viloyatdagi boshqarmalariga takliflar kiritishni  amalga oshiradi.

 

Inkubatsiya markazi tomonidan ishlab chiqilgan Startaplar

1.AGROSALE Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining oldi-sottisini onlain amalga oshirishning tizimi.

2.HELPMED Shifoxonalar ish faoliyati va kasallik tarixini avtomatlashtirish orqali boshqarish tizimi.

3.MIDDLESCHOOL O‘rta ta’lim maktablarida o‘quv jarayonini onlain tashkil etish tizimi.

4.Xususiy ta’lim dargohlarini onlain boshqarish tizimi.

5.Sayyohlarni xalqaro tillarda restoranlardan foydalanishning yordamchi mobil tizimi.

6.Sport maydonlaridan foydalanishning ro‘yxatga olish tizimini avtomatlashtirish.

7.Talabalarga ijara uylarni topishda yordamlashuvchi elektron tizim.

8.Braille phone ko‘zi ojiz va ko‘rish qobiliyati zaif insonlar uchun Brayl alifbosi asosida ishlaydigan telefon qurilmasi.

9.FindME haydovchilar va yo‘lovchilarni onlayn bog‘lash tizimi.

10.FREEDOM- Onlayn davomatni nazorat qilishning innovatsion tizimi.

11.Kambag‘allik darajasini monitoring qilish va sun’iy intellekt asosida aholi ijtimoiy holatini aniqlash tizimi.

12.Sun’iy intellekt asosida aholining psixologik holati va kasbga yo‘naltirilganlik darajasini aniqlash tizimi.

13.HelPER-Onlayn diagnostikalash tizimi.

Inkubatsiya markazi tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar

1.Yoshlarni ish bilan taminlash bo‘yicha Samrqand davlat chet tillar instituti karera markazinign «karera.samdchti.uz» platformasi.

2.Shaydo-med xususiy klinika web platformasi.

3.Soxibamed.uz xususiy klinika mobil ilovasi.

4.Tadqiqotchilarning malakaviy imtixonlarini onlain tashkil qilish tizimi.

5.Buyuk ipak yo‘li xalqlari madaniy va adabiy merosi ilmiy tadqiqot markazi web platformasi.

6.O‘zbek tilida ornitonimlarning izohli lug‘at mobil ilovasi

7.O‘qituvchilar portfolio reytingi tizimi.

8.Ingiliz tilini interaktiv o‘qitish uchun "Yeasy Yenglish" nomli mobil ilovasi.

9.Oliy ta’lim doktorantlar faoliyatini onlain monitoring qilish tizimi.

10.Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti» uchun qabul jarayonlarni elektronlashtirish maqsadida «fiep.admission.samdu.uz» platformasi .

11.Market place Wordpres Internet magazin web platformasi.

12.Urgut Bozor: Urgut Savdo kompleksi  web platformasi.

13.Avto bozor: Samarqand Innovatsion Avto bozor web platformasi.

14.library.samdu.uz: Universitet elektron resurslari uchun web platforma.

15.Lingvomadaniy interferensiya va uning nutqda bartaraf etish yo‘llari mobil ilovali dasturi.