QUVONDIQOV OBLOQUL QUVONDIQOVICH
Quvondiqov Obloqul Quvondiqovich
Professor | Fizika-matematika fanlari doktori
Elektr va magnetizm, Fizika o'qitish metodikasi, Magnetizm va magnit materiallar
2006 yilda "Mustaqillikning 15 va 30 yilligi", 2009 yilda "O'zbekiston xalq ta'limi a'lochisi", 2022 yilda "I darajali mehnat faxriysi", 2023 yilda "Oliy ta'lim a'lochisi" ko'krak nishonlari bilan taqdirlangan.
"1962-1969 yy. - Samarqand davlat universiteti katta laboranti, stajyor-tadqiqotchisi, assistenti
1969-1972 yy. - Moskva davlat universiteti aspiranti
1973-1982 yy. - Samarqand davlat universiteti umumiy fizika kafedrasi assistenti, katta o‘qituvchisi, dotsenti
1982-1985 yy. - Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti dekani o'rinbosari
1985-1986 yy. - Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti dekani
1986-1993 yy. - Samarqand davlat universiteti umumiy fizika va magnit hodisalari fizikasi kafedrasi kafedra mudiri, universitet test markazi boshlig'i, o‘quv-uslubiy kengash raisi o'rinbosari
1993-2011 yy. - Samarqand davlat universiteti umumiy fizika va magnit hodisalari fizikasi kafedrasi mudiri
2011-2015 yy. - Samarqand davlat universiteti umumiy fizika va magnetizm kafedrasi professori
2015 y. - h.v. - Samarqand davlat universiteti umumiy fizika kafedrasi professori"
"Professor O.Q.Quvandiqov rahbarligida «O'tkinchi va siyrak yer metallari qotishmalarining elektr, magnit va galvanomagnit xossalarini qattiq va suyuq xolatda o'rganish», “Magnit suyuqliklarning olinishi va ularning fizik xossalarini o'rganish”, “Tarkibida 3d- va 4f- elementlari bo'lgan tog' jinslari tarkibidagi minerallarning elektr, magnit va galvanomagnit xossalarini yuqori temperaturalarda o'rganish” va “Ta'lim jarayonida fizika fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish muammolari” bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borilmoqda.
Zamonaviy fan va texnikaning jadal sur'atlar bilan rivojlanishi unikal fizik-kimyoviy xossalarga ega bo'lgan yangi istiqbolli magnit materiallar yaratish va ularning magnit xossalarining temperaturadan bog'liqligini o'rganish bilan bevosita bog'liq. Hozirgi vaqtda materialshunoslikda tarkibida 3d– va 4f– elementlar bo'lgan birikmalar, minerallar va magnit suyuqliklar qo'llanilish sohasiga qarab ilmiy va amaliy jihatdan o'ta istiqbolli materiallar hisoblanadi. Bunday materiallarga bo'lgan qiziqish nafaqat mazkur materiallarning turli xil masalan, elektr, magnit, galvanomagnit, termomagnit, magnitooptik, rezonans va boshqa fizik xossalarga ega ekanligi, balki, amaliy ahamiyati bilan ham bog'liq bo'lib, ular lazer qurilmalari va hisoblash texnikalari, amaliy magnitooptika, turli mikroelektronika asbobsozlik texnikalari, magnitoakustika va boshqa sohalarning asosiy ishchi magnit materiallari sifatida foydalanilmoqda.
O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi, ilmiy yutuqlarni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan yangi magnit materiallar olish texnologiyasini yaratish, ularning elektr, magnit, galvanomagnit hamda optik xossalarini tadqiq qilishga va amaliyotda qo'llashga katta e'tibor qaratilmoqda. Faol tadbirkorlik, innovasion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yilida olingan ilmiy natijalarni hozirgi zamon talablariga javob beradigan darajaga olib chiqish alohida e'tiborga sazovor, jumladan, magnit materiallarda kechayotgan fizik jarayonlar asosida ishlaydigan asboblarning yangi avlodini yaratish va ularni amaliyotga tatbiq etish natijasida, mavjudlaridan tubdan farq qiluvchi, arzon va tejamkor texnologiyalarni yaratish orqali magnitooptik, hisoblash texnikasi sanoati mahsulotlarining raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga ega."
"1. Salakhitdinova, M.K., Ibragimova, E.M.,Kuvandikov, O.K. Magnetic Properties of Iron Oxide Nanoparticles in the Matrix of Potassium–Aluminoborate Glasses Subjected to Thermoradiation Treatment, Moscow University Physics Bulletin, 2023, 78(4), с 527–530
2. Salakhitdinova, M.K., Ibragimova, E.M., Kuvandikov, O.K. Optical and magnetic properties of iron oxide nanoparticles in the potassium-aluminum-borate glass at thermoradiation treatment, Journal of Magnetism and Magnetic Materials, 2023, 171598
3. Kuvandikov, O.K., Hamrayev, N.S., Rajabov, R.M., Hamrayeva, N.N. Anisotropic scattering of charge carriers in double continuous solid solutions of the niobium-vanadium system, Journal of Physics: Conference Series, 2023, 2573(1), 012022
4. Kuvandikov, O., Usarov, U., Kuvandikov, E. Synergetics in the Mechanics of Deformable Solid, AIP Conference Proceedings, 2022, 2637, 030021
5. Kuvandikov, O.K., Subxankulov, I., Imamnazarov, D.H., Khomitov, S.A. The Nature of Exchange Interaction in Amorphous Alloys Based on Metals of the Iron Group with Metalloids, Metallofizika i Noveishie Tekhnologii, 2022, 44(7), с 823–829
6. Kuvandikov, O.K., Hamraev, N.S., Razhabov, R.M., Eshkulov, A.A., Turdibekov, I. Correlation Between Kinetic and Magnetic Properties of Itermetallic Compounds of Gd−In System in Paramagnetic Region, Russian Physics Journal, 2022, 65(1), с 1–6
7. Kuvandikov, O.K.,Shakarov, K.O., Usarov, U.T., Amonov, B.U., Sulaimonov, O.A. Paramagnetic Properties of Rare Earth Chromium Borates at High Temperatures, Metallofizika i Noveishie Tekhnologii, 2022, 44(2), с 151–157
8. Kuvandikov, O.K., Subkhankulov, I., Amonov, B.U., Imamnazarov, D.H. Physical Properties of High-Cobalt Amorphous Alloys, Metallofizika i Noveishie Tekhnologii, 2021, 43(12), с 1601–1069
9. Kuvandikov, O.K., Leonyuk, N.I., Mal’tsev, V.V., Amonov, B.U., Sulaimonov, O.A. Magnetic Parameters of Rare-Earth Chromium Borate under High Temperatures, Russian Physics Journal, 2021, 64(5), с 956–960"