Samarqand davlat universiteti fakultetlararo rus tili kafedrasi
Samarqand davlat universiteti
fakultetlararo rus tili kafedrasi mudiri
Usmanova Salixa Yuldashevna
usmanovasalikha880@gmail.com
Samarqand davlat universiteti fakultetlararo rus tili kafedrasi mudiri dotsenti. SamDU da 1979-yildan beri faoliyat yuritib keladi.
Salixa Usmanova 50 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi. 8 uslubiy, 2 o‘quv qo‘llanma nashr ettirgan. Xalqaro nashrlarda 4, Oliy attestatsiya komissiyasi qoshidagi jurnallarda 4, respublika ilmiy-uslubiy nashrlarida 30 dan ortiq ilmiy tezis va maqolalari e’lon qilingan.
Rus tili kafedrasi a’zolari
Tkebuchava Irina Georgievna Fakultetlararo rus tili kafedrasi dotsenti . Samarqand davlat universitetida 2018-yildan faoliyat yuritib keladi. 60 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. Respublika va xalqaro konferensiyalarda maqola va tezislari chop etilgan. |
|
Mirzayeva Shaxlo Rizaevna
Fakultetlararo rus tili kafedrasi katta o'qituvchisi. Samarqand davlat universitetida 1994-yildan faoliyat yuritib keladi. Shaxlo Mirzayeva faoliyati davomida 30 ga yaqin ilmiy tezis va maqolalar chop etgan. Nufuzli xorijiy ilmiy nashrlarda 3, OAK tasarrufidagi jurnalda 1 maqolasi e’lon qilingan. |
|
Atavullayeva Saida Jumabekmuradovna
Fakultetlararo rus tili kafedrasi dotsenti. Samarqand davlat universitetida 2002-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Faoliyati davomida 90 ga yaqin ilmiy ishlar e’lon qilgan. 2 o’quv, 4 uslubiy qo’llanmalar muallifi. 2 o’quv metodik ishlanma yaratgan. 3 elektron o’quv qo’llanma ishlab chiqqan. Nufuzli nashrlarda 50 ga yaqin maqolalar chop etgan. Xalqaro nashrlarda 18 maqolasi e’lon qilingan. https://naukaip.ru/wp-content/uploads/2021/11/MK-1224.pdf httpsc//usO5 web. zoom.us/j/2364780832?pwdTnh SLEhTMDlidz. NsS2400wF00 k91.d.09 |
|
Qodirova Zebiniso Abdig’afforovna
|
|
Toshbekova Dilorom Ismoilovna
Dilorom Toshbekova faoliyati davomida 1 oʻquv qoʻllanma nashr etgan. Xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy jurnallarda 10 dan ortiq maqolalar e’lon qilgan.
|
|
Haydarova Gulbahor Yuldashevna
|
|
Mamatova Shaxnoza Nematjonovna SamDU fakultetlararo rus tili kafedrasi o‘qituvchisi. 2015-yildan buyon Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib keladi. Shu kunga qadar 30 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlarini e’lon qilgan. Xorijiy ilmiy nashrlarda 10, OAK tasarrufidagi jurnallarda 5, respublika ilmiy nashrlarida 15 ga yaqin ilmiy tezis va maqolalari chop qilingan. htt:// ijpsss.iscience.uz/index.php/ijpsss htt://elibrary.asu.ru/handle/asu/92 |
|
Toychiyeva Nasibaxon Suranbayevna Nasibaxon Toychiyeva 2018-yildan buyon Samarqand davlat universitetining rus tili kedrasida katta o`qituvchi lavozimida faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Ayni vaqtda «Maishiy xizmat terminlarining qiyosiy-tipologik tahlili (rus va o`zbek tillari materiallari asosida» mavzusida doktorlik dissertatsiyasi (PhD) mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Shu mavzuga oid 2 o‘quv-uslubiy qo`llanma muallifi hisoblanadi. 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari respublikamiz OAK jurnallari va xorijning ilmiy jurnallarida chop etilgan. Scopus ва Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari: https://inscience.uz/index.php/socinov/article/view/1725/2016 https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/315 http://dx.doi.org/10.26739/2181-9297-2021-2-17 WWW.SCIENCEBOX.UZ WWW.SCIENCEBOX.UZ
|
|
Temirova Shoira Gaybullayevna
Fakultetlararo rus tili kafedrasi katta o‘qituvchisi. 1991-yildan buyon Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib keladi. 2018-yildan SamDU fakultetlararo rus tili kafedrasi katta o‘qituvchisi. Shoira Temirova o‘z faoliyati davomida xalqaro va respublika ilmiy jurnallarida ko‘plab maqolalar chop ettirgan, shu jumladan, xorijiy ilmiy jurnallarda 12, respublika jurnallarida 10 ga yaqin maqola va tezislari e’lon qilingan. 1 uslubiy qo‘llanma muallifi.
|
|
Xadjikurbanova Gulbahor Aslitdinovna
2018-yildan buyon Samarqand davlat universiteti fakultetlararo rus tili kafedrasida o’qituvchi lavozimida ishlab keladi. Faoliyati davomida xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy nashrlarda 20 ga yaqin maqolalar e’lon qilgan. Jumladan, xalqaro hamda respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida 15 dan ortiq tezislari bilan ishtirok etgan. |
|
Yuldasheva Saodat Turakulovna SamDU fakultetlararo rus tili kafedrasi o‘qituvchisi. 2018-yildan buyon Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib keladi. Faoliyati davomida xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy nashrlarda 20 ga yaqin maqolalar e’lon qilgan. Jumladan, xalqaro hamda respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida 15 dan ortiq tezislar bilan ishtirok etgan. |
|
Ro‘zibayev Mardon Musurmonovich
Samarqand davlat universiteti fakultetlararo rus tili kafedrasida 2019-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 10 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi hisoblanadi. 5 uslubiy qo’llanma muallifi. Xorijiy ilmiy nashrlarda 1, boshqa nufuzli nashrlarda 5 maqolasi e’lon qilingan.
|
|
Fakultetlararo rus tili kafedrasi tarixi 1958-yilda rus tili kafedrasi bazasida milliy guruhlarda rus tili kafedrasi tashkil topgan. Kafedraning maqsadi o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda universitetning maxsus kafedralariga yordam ko’rsatishdir. Kafedraning birinchi mudiri ilmiy izlanishlari rus va o‘zbek tillarining qiyosiy grammatikasi muammolari va milliy guruhlarda rus tili o‘qitish metodikasi bilan bog‘liq bo‘lgan dotsent A.Abrajev edi. Kafedrada A.Fuksman, A.Yakovleva, P.Grigoryev, S.Dyugay, Z.Shugurova, A.Akopova, V.Vitovskaya, R.Tabaeva, R.Mamadjanova, L.Barkaeva, V.Gorbenko, A. Babaxadjaev, R.Mo’minova kabi tajribali o‘qituvchilar ishlagan A.Tixonov, G.Soy, X.Ikromovalar kafedrada o‘z ish faoliyatlarini boshlashgan. 1963-yilda kafedra mudiri dotsent A.Soy bo‘lgan. Kafedraning ilmiy izlanishlari faqatgina rus tilini milliy guruhlarda o‘qitish metodikasi bilangina emas, balki hozirgi zamon rus tili muammolari bilan ham bog‘liq. Kafedra Moskva, Sankt-Petergburg, Tver, Yerevan, Baku, Toshkent oliy o‘quv yurtlari bilan aloqa bog‘lab kelgan. |
|
1980-yilda kafedra ikkiga bo‘lingan: tabiiy fanlar fakultetlari uchun milliy guruhlarda rus tili kafedrasi, kafedra mudiri dotsenti V.Shegolixina va gumanitar fakultetlar uchun milliy guruhlarda rus tili kafedrasiga professor A.Soy rahbarlik qilgan. 1987-yilda kafedra yana birlashdi. Kafedra mudiri professor A.Soy bo‘ldi. Kafedra tashabbusi bilan doimiy ilmiy uslubiy konferensiyalar o‘tkazildi. 1990-2012-yillarda kafedrani professor A.Pardayev boshqargan. 2012-2020-yillar davomida kafedrani dotsent I.Mamasoliev, dotsent I.Babakulov boshqargan. 2021-yilda ikkita kafedra - rus tilshunosligi va rus tili kafedralari birlashtirilib, fakultetlararo rus tili kafedrasi deb nomlandi. 2024-yilda kafedra ikkiga bo‘lindi va fakultetlararo rus tili va rus va umumiy tilshunoslik kafedralari tashkil etildi. Bugungi kunda fakultetlaro rus tili kafedrasida 14 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda, ulardan 5 nafari dotsent, 4 nafari katta o'qituvchilar. |
Kafedra hayotidan fotolavhalar