Kafedra mudiri

Rashidova Feruza Shomuxammedovna

Biografiya

2006-2012 yy. – Samarqand Davlat universiteti «Umumiy tarix» kafedrasi o‘qituvchisi

2012-2015 yy. – Samarqand Davlat universiteti katta ilmiy xodim - izlanuvchisi

2015 y. – h.v.  - Samarqand Davlat universiteti «Jahon tarixi» kafedrasi o‘qituvchisi

2021 yil avgustdan Samarqand Davlat universiteti «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi mudiri 

 

Kafedra haqida

Ijtimoiy - gumanitar fanlar kafedrasi 2021 yilda Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti qoshida tashkil qilingan.

Hozirgi kunda kafedrada 2 nafar fan nomzodi, 2 nafar katta o‘qituvchi, 5 nafar assistent, 1 nafar xorijlik o‘qituvchi faoliyat ko’rsatmoqda.

Kafedrada PhD. F.Rashidova, dotsent B.Rahmatov, katta o‘qituvchilar N.A.Vohidova, D.I.Toshbekova, assistentlar – S.Umarov, M.Davlatova, N.Sultonova, N.Umirova, U.Yarbekova hamda Yaponiyaning Soka universiteti o‘qituvchisi Nozomi Kusaka o’quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib bormoqdalar.

Kafedra Shaanxi Normal University (Xitoy), Tomsk davlat universiteti, “Stankin” Moskva davlat texnologiyalari universiteti, Shimoliy Kavkaz federal universiteti, Belgorod davlat universiteti (Rossiya Federatsiyasi), Soonchunhyang University (Janubiy Koreya), Xolon texnologiyalar instituti (Isroil) bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlarining bakalavriat va magistratura o‘quv jarayonlarini amalga oshirishda kafedra mutaxassiligiga tegishli fanlaridan mashg‘ulotlarni o‘tib kelmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari “Tarix (Buyuk ipak yo’li tarixi)”, “Maktabgacha ta’lim (Yoshlar ta’lim tarbiyasi)”, “Iqtisodiyot” hamda “Raqamli iqtisodiyot” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, “Tashqi iqtisodiy faoliyat (tarmoqlar va faoliyat yoʼnalishlari boʼyicha)”, “Inson resurslarini boshqarish”, “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)” magistratura ta’lim yo‘nalishi talabalariga “Ipak yo‘li toponimikasi va numizmatikasi”, “Mikroiqtisodiyot”, “Makroiqtisodiyot”, “Yoshlar tarbiyasida milliylik va an’anaviylik”, “Islom va odob-axloq”, “Jahon mintaqalari tamadduni tarixi”, “Marketing”, “Moliyaviy hisob va hisobot” kabi bir qator fanlardan dars berib kelishmoqda.

Hozirgi kunda kafedra Rossiya Federatsiyasining Rossiya davlat gumanitar universiteti, Belorussiya Respublikasining Baranovichi universiteti va Mumbaydagi Hindiston Texnologiya instituti bilan “Filologiya va tillarni o‘qitish”, “Maktabgacha ta’lim” hamda “Psixologiya” yo‘nalishlarida bakalavr va magistratura bosqichi talabalarini o‘qitish bo‘yicha o‘quv reja ishlab chiqilgan va tasdiqlanish bosqichida.

2021-yilda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2 ta monografiya, 1 ta o`quv qo`llanma, 1 ta darslik, 30 ta ilmiy maqola va tezislar nashr qilindi. Hozirgi kunda kafedra dotsenti, iqtisodiyot fanlari nomzodi B.B.Rahmatov hamda Rossiyaning Tomsk davlat universiteti Iqtisodiyot va menejment instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan hamkorlikda “Makroekonomika v sxemax, tablitsax i grafikax” nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlanmoqda.

Bundan tashqari, bakalavriat va magistratura yo‘nalishi talabalari ikki tomonlama hamkorlik dasturi doirasida ko‘zda tutilgan xitoy, rus, ingliz, koreys tillarini ham o‘rganishadi. Yaponiyaning Soka universitetidan taklif etilgan Nozomi Kusaka xonim talabalarga “Yapon tilini o‘rganish” kurslarini o‘tib kelmoqda. Yaponiyaning Soka universiteti hamda Nagoya universitetining O‘zbekistondagi vakilligi ko‘magida yapon tili, yapon xalq amaliy san’ati va madaniyatini o‘rgatish, universitetlararo o‘quv va madaniy tadbirlarni tashkil etish maqsadida tashkil etilgan “Yapon tili va madaniyati markazi” kafedra bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Shuningdek kafedra qoshida “Men rus tilini yaxshi ko‘raman” hamda “Ingliz tili” to‘garaklari faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.