Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi mudiri

Abdurahmonov Ilhom Ergashboyevich

Biografiya

2003-2007 yillar   Samarqand davlat universiteti kimyo fakulteti talabasi;

2007-2009 yillar   61-son maxsus maktab  o’qituvchisi;

2008-2010 yillar   Samarqand davlat universiteti Analitik kimyo kafedrasi magistranti;

2009-2011 yillar   So’zangoron tibbiyot kolleji o’qituvchisi;

2011-2013 yillar   Samarqand davlat universiteti kimyo fakulteti Analitik kimyo kafedrasi stajer tadqiqotchi izlanuvchi;

2013-2018 yillar  Samarqand qishloq xo’jalik institutining fizika va kimyo kafedrasi o’qituvchisi;

2018-2020 yillar Samarqand davlat universiteti kimyo fakulteti Noorganik kimyo  va materialshunoslik    kafedrasi katta o’qituvchisi;

2021-yildan        Samarqand davlat universiteti kimyo fakulteti Noorganik kimyo  va materialshunoslik     kafedrasi mudiri v.b. lavozimida ishlab kelmoqda.

NOORGANIK KIMYO VA MATERIALSHUNOSLIK KAFEDRASI

 

2011 yil dekabr oyida anorganik kimyo va organic kimyo kafedralari birlashdi.  2018 yil avgust oyida bu kafedra “Noorganik kimyo va materialshunoslik” va “Organik va bioorganic kimyo” kafedralariga ajratildi.  2018 yil mart oyigacha kafedraga dotsent Tillayev S.U. mudirlik qilib keldi. 2018 yil mart oyida kafedra mudiri lavozimini kimyo fanlari nomzodi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati, dotsent Normuradov Z.N. lafedra mudiri lavozimiga saylandi. 

Hozirgi kunda kafedrada 22 ta professor-o’qituvchi faoliyat yuritmoqda Jumladan 4 ta fan doktori, shundan 3 nafari  professor, 1ta dotsent,  8 fan nomzodi, dosentlar va 10 ta  assistentlar faoliyat ko’rsatmoqda, ilmiy salohiyat 55 %.  Kafedra professor-o’qitivchilarining o’rtacha yoshi 42 yoshni tashkil yetadi.

Kafedraning asosiy ilmiy yoʻnalishlari:

  • “Ekosistema diagnostikasi uchun ishlatiladigan anorganik birikmalar sintezi va reaksion qobiliyatini oʻrganish”  
  • Zol-gel texnologiyasidan foydalanib materiallar sintezi va ularni spektroskopik tahlili.
  • d- va p-elementlarning organik kislota ligandli kompleks birikmalari sintezi, ularning tuzilishi, reaksion qobiliyati va ekosistema diagnostikasidagi oʻrnini oʻrganish. 
  • Markaziy Qizilqum past sifatli fosforitlaridan kulrang fosfor tutgan oʻgʻitlar ishlab chiqarish teznologiyasi.
  • Atrof-muhit monitoringi uchun kompozitsion materiallar va nanotexnologiyalarga asoslangan analitik tizimlar, sensorlar va asboblar ishlab chiqish. 
  • Turli materiallarning yongʻinga xavfsizligini va chidamliligini oshirish uchun pirogensiz moddalarni mahalliy xomashyolardan olish. 
  • Tibbiy va antioksidant xossaga ega, tabiiy va sintetik kelib chiqishdagi biologik faol moddalar va mahuslotlar sintezi, ajratib olish va oʻrganish.

Kafedrada 2 ta yoʻnalishda magistratura mavjud:

  • Noorganik kimyo  - 5А140501.
  • Materiallar va moddalar kimyosi - 5А140502.

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari