Samarqand davlat universiteti qattiq jismlar fizikasi kafedrasi
Samarqand davlat universiteti qattiq jismlar fizikasi kafedrasi mudiri
Srajev Soliddin Ne’matovich
Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 1999-yildan SamDU qattiq jismlar fizikasi kafedrasida faoliyat yuritib keladi.
1996-yilda “Kremniyda oltingugurt va I guruh (mis guruhchasi) elementlari o’rtasidagi kimyoviy bog’langan komplekslar va ularning termik nuqsonlar generatsiyasiga ta’siri” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Faoliyati davomida ilmiy jurnallarda jami 130 dan ziyod ilmiy maqolalar nashr qilgan. 3 o’quv qo’llanma muallifi. 3 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda ilmiy maqolalar e’lon qilgan.
Qattiq jismlar fizikasi kafedrasi a’zolari
Arziqulov Eshquvat Ulashevich Fizika fanlari doktori, professor. SamDU qattiq jismlar fizikasi kafedrasida 1992-yildan beri faoliyat yuritib keladi. Qattiq jismlar fizikasi, yarimo’tkazgichlar fizikasi, yo’nalishida ilmiy tadqiqotlar olib boradi. 1992-yilda shu 01.04.10 – yarimo’tkazgichlar va dielektriklar fizikasi ixtisosligi bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. DOI: 10.15407/mfint.44.08.1003 https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=Toshboev+T&btnG= |
|
G’ulomali G’ulomov
Fizika- matematika fanlari nomzodi, dotsent. SamDU qattiq jismlar fizikasi kafedrasida 1992-yildan beri faoliyat yuritib keladi. |
|
Eshbekov A’zamkul Anorboyevich Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 1992-yildan hozirgi vaqtgacha SamDU qattiq jismlar fizikasi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 1995-yilda “Past temperaturalarda olingan shishalarda ion almashinuv jarayonlari va radiasion nuqsonlarni tekshirish” nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. A’zamkul Eshbekov ilmiy faoliyati davomida 2 o’quv qo’llanma, 8 uslubiy-qo’llanma, 12 xorijiy va respublika ilmiy jurnallarda maqolalar va boshqa turdagi 130 ga yaqin ilmiy ishlar e’lon qilgan, 2 mualliflik guvohnomasiga ega. Shuningdek, olim bugunga qadar 6 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan. https://scholar.google.com/scholar? .
|
|
Fazlitdin Saloxitdinov
Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. Samarqand davlat universitetida 2003-yildan buyon faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 1989-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Fazlitdin Saloxitdinov o’z faoliyati davomida 2 darslik, 4 o’quv qo’llanma va 64 ilmiy maqola chop ettirgan. |
|
Axrorov Subxon Qurbonovich Subxan Axrorov fizika-matematika fanlari nomzodi (PhD), dotsent. 1994-yildan beri Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritadi. 2021-yildan beri Samarqand davlat universiteti qattiq jismlar fizikasi kafedrasi mudiri. 1979-yilda O’zbekiston Fanlar akademiyasining elektronika ilmiy-tadqiqot institutida “Исследование состояния и локализации примесных атомов в кристаллической решетке монокристаллов Mo,W и Si методами ионной и электронной оже-спектроскопии” mavzusida, 01.04.04 – elektronika fizikasi, shu jumladan kvant elektronikasi ixtisosligi bo’yicha fizika-matematika fanlari nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. So‘nggi yillarda hammualliflikda 40 dan ziyod ilmiy uslubiy maqolalar chop ettirgan, shulardan 6 tasi OAK e’tirof etgan ilmiy jurnallarda e’lon qilingan. 1 tasi uslubiy qo’llanma muallifi. 2 mualliflik guvohnomasi sohibi.
|
|
Shermatov Baxran Nurmamatovich Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. Sharof Rashidov nomidagi SamDU qattiq jismlar fizikasi kafedrasida 1981-yildan buyon ishlaydi 1990-yilda “KTiOPO4 oilasiga mansub va ba'zi bir titanatli kristallarni termooptik usulda o'rganish” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Bahran Shermatov ilmiy faoliyati davomida 4 uslubiy – qo‘llanma, 14 xorijiy va respublika ilmiy jurnallarda maqolalar va boshqa turdagi 90 ga yaqin ilmiy ishlar e’lon qilgan. Shuningdek, olim bugunga qadar 5 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar chop etgan. https://www.tandfonline.com/doi/abs/10.1080/00150198908216768 |
|
Toshboyev Tuychiboy Ubayevich Fizika – matematika fanlari nomzodi, dotsent. Samarqand davlat universiteti qattiq jismlar fizikasi kafedrasida 1989-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1998-yilda “Kremniyda oltingugurt bilan nikel, kobalt, ruh kirishma elementlarining o’zaro ta’siri va ularning termik ishlov berish jarayonidagi o’rni” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Tuychiboy Toshboyev faoliyati davomida 5 uslubiy qo’llanma, xorijiy ilmiy nashrlarda 11 va boshqa jurnallarda 17 ga yaqin ilmiy ishlar e’lon qilgan. https://scholar.google.com/citations?user=t5maZykAAAAJ&hl=ru https://scholar.google.com/citations?user=t5maZykAAAAJ&hl=ru https://scholar.google.com/citations?user=t5maZykAAAAJ&hl=ru |
|
Ro'zimurodov Jalol To'rabekovich
Fizika – matematika fanlari falsafa doktori (phd), dotsent. Samarqand davlat universiteti qattiq jismlar fizikasi kafedrasida 2006-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2018-yilda “Marganes bilan implantatsiya qilingan kuchli kompensirlangan kremniyning magnit va transport hossalari ” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Jalol Ro'zimurodov faoliyati davomida 5 uslubiy qo’llanma, xorijiy ilmiy nashrlarda 10 va boshqa jurnallarda 10 ga yaqin ilmiy ishlar e’lon qilgan. |
|
Raximov Odil Fizika – matematika fanlari nomzodi, dotsent. Samarqand davlat universiteti qattiq jismlar fizikasi kafedrasida 2024-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1985-yilda “Исследование скоплений компенсирующых центров в полупроводниках и их взамоденствия с точечными собственными дефектами” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Odil Raximov oy Toshboyev faoliyati davomida 3 ta ilmiy monografiya, 5 ta uslubiy qo’llanma, 5 ta darslik, xorijiy ilmiy nashrlarda 23 va boshqa jurnallarda 80 ga yaqin ilmiy ishlar e’lon qilgan. |
|
Qattiq jismlar fizikasi kafedrasi haqida SamDUda qattiq jismlar fizikasi sohasida mutaxasisslar tayyorlash bo’yicha dastlabki ishlar 1975-yilda shu nomdagi kafedra tashkil qilingandan keyin boshlangan. Qattiq jismlar fizikasi kafedrasi 1975-yilda “Optika va spektroskopiya” kafedrasi qoshida O’zFA akademigi A.Q.Otaxo’jayev va dotsent A.Nosirovlar tashabbusi hamda Sankt Peterburg Fizika-texnika instituti olimlari akademik A.G.Smolenskiy, prof. V.V.Lemanovlarning bevosita ko’magi bilan tashkil qilingan. Kafedrada o’quv va ilmiy ishlarni dastlab tashkil etish Sankt Peterburg, Moskva, Tartu, Toshkent kabi shaharlardagi ilmiy markazlarda tahsil olgan ilmiy xodimlar tomonidan amalga oshirildi. Dotsentlar A. N. Nosirov, S. M. Murodov, F. R. Axmedjanov, katta o’qituvchi I. A. Avetisyan, Z.X.Raximov assistentlar M. M. Axmedjanova, V. S. Kim kafedraning birinchi professor-o’qituvchilaridir, aynan ular dastlab kafedrada qattiq jismlar fizikasining ilmiy muammolari bilan samarali shug’ullana boshlaganlar. Kafedraning o’quv va ilmiy faoliyatini tashkil etishda texnik xodimlar B. R. Namozov, A. J. Qorayev, G’.G’ulomov va Z. Xodjayevalarning munosib hissalari bor |
|
Dastlab kafedrani 1985-yilga qadar dotsent Abduhakim Nosirov boshqardi. 1985-1993-yillarda dotsent S.M.Murodov, 1993-1996-yillarda dotsent F.R.Axmedjanov,1996-2011-yillarda dotsent E. U. Arziqulov, 2011-2013-yillarda dotsent S.Q.Axrorov, 2014-2020-yillarda dotsent E. U. Arziqulov kafedraga mudirlik qilgan, 2021-yildan buyon qattiq jismlar fizikasi kafedrasini yana dotsent S.Q.Axrorov boshqarib kelmoqda.Kafedrada dastlab “Kristallografiya”, “Kristallofizika”, “Kristalloakustika”, “Metallar fizikasi”, “Dielektriklar fizikasi”, “Qattiq jismlar fizikasi”, “Qattiq jismlar optikasi va spektroskopiyasi”, ”Kvant elektronikasi”, “O’ta yuqori chastotali elektronika”, “Guruhlar nazariyasi va uning qattiq jismlarga tadbig’i” kabi fanlardan ma’ruzalar va o’quv laboratoriyalari tashkil etildi. Zamonaviy asboblar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalar yaratildi va horijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlik ishlari yo’lga qo’yildi. Akademik Sh. O. Alimov tashabbusi bilan zamonaviy soha bo’lgan elektronika sohasini rivojlantirish maqsadida dastlab kafedra qoshida 1987-yildan boshlab “Fizikaviy elektronika” va 2003-yildan boshlab esa “Yarim o’tkazgichli asboblar va mikroelektronika” sohalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash boshlab yuborildi. 1994-yildan boshlab, kafedra qoshida 5521700-“Elektronika va mikroelektronika” yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlash boshlandi va bugunga qadar bu sohada 800 ga yaqin malakali elektronika muhandislari tayyorlandi. Bitiruvchilarimizning ko’pchiligi viloyatimiz, respublikamiz va hattoki rivojlangan chet mamlakatlardagi turli nufuzli tashkilotlarda asosan elektronika sohasida muhandis sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar. |
|
Hozirgacha qattiq jismlar fizikasi sohasida 2 nafar fan doktori, 12 nafar fan nomzodlari yetishib chiqqan. Hozirgi kunda kafedra respublikamiz OO’Yurtlari va ITI bilan o’quv va ilmiy tadqiqot sohalarida yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Jumladan Toshkent Davlat Texnika universiteti va O’zbekiston Milliy universiteti bilan kafedrada tayyorlanayotgan bakalavriat va magistratura ta’lim yo’nalishlari uchun o’quv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish, o’quv-uslubiy hamda zamonaviy ilm sohalarida hamkorlik yo’lga qo’yilgan. “Foton” OAJ, “Fizika-Quyosh” IIB, Yadro Fizikasi instituti, “Materialshunoslik” va “Ion-plazma va lazer texnologiyalari” ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda zamonaviy elektronika va fizika muammolarini tadqiq qilish borasida ishlar bajarilmoqda. Bundan tashqari bu tashkilotlar bazasidagi ilmiy laboratoriyalardan kafedrada tahsil olayotgan talabalarning tanishuv, o’quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini o’tashda foydalanilmoqda. Shu bilan birga kafedra xalqaro ilmiy markazlar va OO’Yulari bilan ham yaqindan hamkorlik aloqalarini o’rnatgan. Jumladan Rossiya FA Sibir Bo’limi Yarim o’tkazkichlar fizikasi instituti, Lomonosov nomidagi MDU, Qozon fiziko-texnika instituti, Vuxan universiteti (Xitoy), Nagoya universiteti (Yaponiya), Xarkov radiotexnika instituti (Ukraina), Uppsala universiteti (Shvesiya), Latviya universiteti (Latviya) bilan har tomonlama mustahkam aloqalar o’rnatgan. |
|
Kafedrada 5521700 – Elektronikava mikroelektronika, 5111000 – Kasb ta’limi (5310800 – elektronika va asbobsozlik (elektronika va mikroelektronika)), 5440100 – Fizika va 5A521701 –Qattiq jismli elektronika, mikroelektronika, 5A521709 –Kasb-hunar fanlarini o’qitish metodikasi (elektronika va mikroelektronika), 5A140203–Geliofizika va quyosh energiyasidan foydalanish yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-5032-son qarori hamda 2022-yil 13 yanvardagi “Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi PQ-82 qarori asosida SamDUda fizika fakulteti negizida Muhandislik fizikasi instituti tashkil etilishi munosabati bilan kafedra 2022-yildan boshlab 60712000-Elektron apparaturalarni ishlab chiqarish texnologiyasi va 60711200 - Elektronika va asbobsozlik(tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar, 70711201 - «Elektronika va elektron texnikasi (tarmoqlar bo’yicha)» mutaxasisligi bo’yicha magistrlar tayyorlashga kirishdi. |
|
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar o`quv dasturlari Bakalavriat
Magistratura
|
Kafedra hayotidan fotolavhalar