Inson resurslarini boshqarish ilmiy-tadqiqot markazi
Inson resurslarini boshqarish ilmiy-tadqiqot markazi direktori
Arabov Nurali Uralovich
- Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
- Telefon: +99893 991-34-58
- Elektron pochta: a-nurali@samdu.uz
Biografiya
- 1993-1998 yy. – Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti talabasi
- 1998-2002 yy. - Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot va mehnat sotsiologiyasi kafedrasi o’qituvchisi
- 2002-2005 yy. - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti aspiranti
- 2005-2009 yy. - Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot va mehnat sotsiologiyasi kafedrasi assistenti
- 2009-2010 yy. - Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot va mehnat sotsiologiyasi kafedrasi katta o’qituvchisi
- 2010-2015 yy. - Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot va mehnat sotsiologiyasi kafedrasi mudiri, dotsent
- 2015-2016 yy. - Samarqand davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti dekani vazifasini bajaruvchi
- 2016-2018 yy. - Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot va mehnat sotsiologiyasi kafedrasi dotsenti
- 2018-2019 yy. - Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot va tadbirkorlik kafedrasi professori
- 2019-2020 yy - Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot va tadbirkorlik kafedrasi mudiri
- 2020 -2021yy - Samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish kafedrasi mudiri
- 2021-2022 yy - Samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti dekani
- 2022-yildan - h.v.gacha Samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish kafedrasi mudiri
MARKAZ HAQIDA
Markaz Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Markazning asosiy maqsadi:
- Iqtisodiyot va inson resurslarini boshqarish ta’lim yo‘nalishlarida bitiruvchilarni o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha bandligini ta’minlashga yangicha yondashuv;
- zamonaviy ta’lim dasturlarini yaratish, shuningdek boshqaruv, inson resurslarini boshqarish, kadrlar salohiyatini oshirishning metodologik va amaliy asoslarini o‘rganish;
- innovatsion ilmiy tadqiqotlarga oid faoliyatni takomillashtirish, inson resurslarini samarali boshqarishning zamonaviy tizimlari asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va ular bilan ishlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish;
- yangi avlod kadrlarini maqsadli tayyorlash, mehnat bozoridagi o‘zgarib borayotgan tashqi va ichki kon’yunkturaga mos ravishda kadrlar salohiyatini doimiy rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;
- mehnat bozorida ijtimoiy hamkorlik mexanizmini shakllantirish, talabalarning maqsadli amaliyot va stajirovka rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, o‘quv yurtlariga qabul qilinayotgan talabalarga mehnat bozoridagi talabni o‘rganish;
- mutaxassis-kadrlarga iqtisodiyot tarmoqlaridagi talabni istiqbollashtirish bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borish.
Shu bilan birga, universitet Koreya Respublikasining yetakchi ekspert professorlarini, xususan, Koreyaning Saemaul Undong ilmiy-tadqiqot va ta’limga ixtisoslashgan yagona oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan Yeungnam universitetidan mahallani rivojlantirish va mahalla boshqaruvi sohasida faoliyat yurituvchi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun jalb etadi. Ushbu tadqiqot loyihalari va o‘quv dasturlari Saemaul Undong tamoyillari va ruhiyati asosida amalga oshirilishi va Saemaul Undong muvaffaqiyat omillarini o'z ichiga olgan mahallani rivojlantirishga qaratilgan bo'lishi kerak.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- Inson resurslarini boshqarishning nazariy, uslubiy va amaliy asoslarini o‘rganish jarayonida tajribali, etuk olimlar va professional fidoyi yosh tadqiqotchilar, oliy o‘quv yurtlari, dunyoning ilg‘or ilmiy markazlari, jumladan Yeungnam universiteti bilan hamkorlikda eng zamonaviy texnologiyalar asosida ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish;
- Saemaul Undongning innovatsion va fidoyilik tafakkurini rivojlantirish siyosati, strategiyalari va usullarini mahalliylashtirishga e‘tibor qaratgan holda inson resurslarini boshqarish va mahallani rivojlantirish sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish;
- “Saemaulogy” (Saemaul Undong Studies) va boshqa tegishli akademik yo‘nalishlar asosida inson resurslarini boshqarish va mahalla rivojlanishi bo‘yicha yangi fanlararo ta’lim dasturlarini ishlab chiqish;
- inson resurslari hamda mahalla taraqqiyotini boshqarish bo‘yicha respublika va xalqaro grantlarda ishtirok etish;
- O‘zbekiston Respublikasida va uning tashqarisida inson resurslarini boshqarish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar, shu jumladan, nodavlat tashkilotlar bilan mutaxassislarni ayirboshlashni tashkil etish;
- Yeungnam universiteti tomonidan o‘tkazilayotgan Saemaul o‘quv dasturlarini kreativ(ijodiy) qo‘llash orqali mahalla boshqaruvi sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassis kadrlarni tayyorlash.;
- mahalla boshqaruvi sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassis kadrlar malakasini oshirish;
- universitet uchun tadqiqot obʼekti doirasida zamon talablaridagi darslik, o‘quv qo‘llanma, risolalar yaratish;
- ilmiy tadqiqot ishlaridan olingan yangiliklarni patentlash, ularni universitet mustaqil o‘quv jarayoniga tadbiq qilish, takliflar kiritish va lozim topilsa chet el ilmiy-o‘quv markazlariga sotish;
- Koreya Respublikasining yetakchi markazlari, xususan, Global Saemaul Development Network (GSDN, xalqaro nodavlat tashkiloti) va Xalqaro taraqqiyot hamkorlik instituti (IIDC, Yeungnam universiteti filiali) bilan yaqin aloqa o‘rnatish;
- inson resurslarini boshqarish va mahalla taraqqiyoti sohasidagi materiallarni yig‘ish, tahlil qilish, tizimlashtirish, taʼlim dasturlarini ishlab chiqish;
- O‘zbekiston Respublikasida va uning tashqarisida mutaxassislarni jalb etgan holda mahorat darslari, ixtisoslashtirilgan taʼlim dasturlarini tashkil etish;
- ilmiy-tadqiqot va loyiha ishlarini olib borish, shu jumladan, Markazni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;
- Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Markazning huquqlari va majburiyatlari:
- Markaz o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
- Markazga shartnoma asosida (shu jumladan, soatbay haq to‘lash asosida) o‘qituvchi va amaliyot xodimlari (ekspertlar)ni jalb etish;
- ajratilgan budjet mablag‘lari hamda o‘z mablag‘lari hisobidan xizmat komandirovkalarini tashkillashtirish, shu jumladan, xorijiy ilmiy markazlarga ham;
- Oldinga qo‘yilgan maqsadlar va vazifalar bajarilishini taʼminlash uchun shartnomalar tuzish, shu jumladan, xorijiy hamkorlar bilan ham;
- Shartnoma asosida asosiy faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha maslahatlar berish, boshqa xizmatlar ko‘rsatish va ishlarni bajarish;
- Markaz faoliyatini amalga oshirish jarayonida yaratilgan intellektual mulkni boshqarish;
- Xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o‘z vakolatlari doirasida hamkorlik qilish;
- O‘z faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida, rasmiy veb-sayt, shuningdek internet tarmog‘ida joylashtirish;
- O‘z vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan shu kabi tadbirlarda qatnashish;
- Markaz vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro hamkorlikni universitet bilan kelishgan holda amalga oshirish huquqiga egadir.
- Markazning xalqaro aloqalari:
- Markaz xalqaro hamkorlik qilish, xorijiy sheriklar bilan shartnomalar tuzish, muayyan xalqaro tashkilotlar bilan belgilangan tartibda o‘zaro manfaatli asosda ilmiy axborotlar almashish ishlarini yo‘lga qo‘yadi shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq xalqaro aloqalarni amalga oshiradi.
- Markaz tinglovchilar uchun o‘quv jarayonining muayyan qismini va professor-o‘qituvchilarning malaka oshirishi va tajriba orttirishini yetakchi xorijiy ilmiy va o‘quv markazlarida, firmalarda va xalqaro tashkilotlarda tashkil etishi mumkin.
- Markazda chet el fuqarolarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, Markaz professor-o‘qituvchilari va tinglovchilarining xorijiy davlatlardagi o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish hamda tajriba orttirishi xalqaro shartnomalar, davlat organlari o‘rtasida tuzilgan bitimlar asosida amalga oshiriladi.
Inson kapitali va ijtimoiy rivojlanish jurnali
"Buxgalteriya hisobi" o‘quv qo‘llanmasi
"Raqamli iqtisodiyot asoslari" darslik
"Korxonalarni raqobatbardoshligini baholash" o‘quv qo‘llanma
"Xodimlarni boshqarishning xalqaro va mahalliy amaliyoti" Monografiya
"Korxonalarning moliyaviy tahlili" o'quv qo'llanma
"Elektron tijorat va biznes" o‘quv qo‘llanmasi
“Korxonalarning iqtisodiy faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish” o'quv qo'llanmasi