Халқаро лойиҳа: "Санкт-Петербург ва Самарқанд маданий мерос объектларини сақлашда инновацион ечимлар"
Samarqand davlat universiteti Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish institutida Sankt-Peterburg Iqtisodiyot Oliy maktabi olimlari bilan hamkorlikda shu mavzuda xalqaro seminar o‘tkazildi. Bundan maqsad Sankt-Peterburg va Samarqand madaniy meros obyektlarini asrab qolish va uni kelajak avlodga yetkazish uchun sharoitlar yaratish.
Anjumanda tarix, geografiya, iqtisodiyot, axborot texnologiyalari hamda mahalla boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etdi. Yig’ilganlar mavzu doirasida o‘zining nazariy va amaliy takliflarini ilgari surdi.
Loyihaning keyingi bosqichini amalga oshirish uchun SamDUning ishchi guruh ekspertlari joriy yilning 5-6 dekabr kunlari Sankt-Peterburgda o’tkaziladigan Xalqaro Forumda ishtirok etadigan bo’ldi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.