Samarqand yosh muhandislar maktabi
1-oktyabrdan boshlab 7-11-sinflar o’quvchilari hamda talabalar uchun STEM ta'lim kursiga (STEM, S -science, T - texnologiya, E – muhandislik va M - matematika, ya'ni: tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, ijodkorlik, matematika) qabul e'lon qilinadi (72 soat, 3 oy, asosiy daraja). Mashg’ulotlar 10 kishilik guruhlarda o’tilishi rejalashtirilgan.
Darslar kechqurun va kunduzgi vaqtda haftada 3 marotaba har bir mashg'ulot 2 soatdan Samarqand shahri Universitet hiyoboni 15 (Samarqand davlat universiteti, 9 qavatli bino, 509-xona) manzili bo'yicha o'tkaziladi.
Maktab barcha kerakli uskunalar bilan jihozlangan: kompyuterlar, JavaScript asosida amaliy dasturlashni o'rgatish uchun robotli to'plamlar (25 ta interaktiv statik qurilmalarni yig'ish va dasturlash imkonini beradi), Arduino UNO to'plamlari va 3d printerlar.
Tinglovchilar quyidagi bilim va ko'nikmalarga ega bo'ladilar:
- robotlarni dasturlash va ulardan foydalanish (jumladan kollaborativ robotlar);
- robotlarni konstruksiyalash;
- robototexnikaning amaliy dasturiy ta’minoti bilan ishlash;
- 3d-printerlar bilan ishlash.
O'quv jarayonida talabalar 25 ta qurilmani yig'ish va dasturlash, robototexnika olimpiadalarida qatnashishga tayyorgarlik ko'rish va mahsulotlarni 3D-printerda chop etish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Kurs tinglovchilari mustaqil startup-loyihalar ustida ishlay boshlaydilar, steam-o'qitishning chuqqurlashtirilgan kursiga chegirmalar asosida o'tadilar (chegirma miqdori imtihonda olgan ballariga bog'liq bo'ladi).
Ikki modul bo’yicha loyihalarni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilar Samarqand kasb-hunar ta'limi markaziga "kollaborativ robotining operatori" mutaxassisligini olish uchun yuboriladi.
Murojaat uchun telefon: +998 99 019 86 31;
telegram: + 7747 820 82 98. Irina Kovalchuk.
O'qitish narxi 1,5 million so'm, oylik to'lov oyiga 500 ming so'mdan.
Mashg'ulotlarni o'tkazish vaqti:
Dushanba, chorshanba, juma: 16-00-18-00.
Dushanba, chorshanba, juma: 14-00-16-00.