Ochiq dars

2025-yil 14-mart kuni soat 14:00da Samarqand davlat universiteti Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi assistenti (PhD) Marxabo Isaqulovaning kimyo yo'nalishi 102-guruh talabalariga "Noorganik kimyo" fanidan "Xrom va Molibden, Volfram va ularning birikmalari olinishi, xossalariga doir tajribalarni bajarish va o'rganish" mavzusidagi ochiq laboratoriya mashg'uloti bo'ladi.
Ochiq dars Biokimyo instituti 12-xonada bo'lib o'tadi. Barcha professor o'qituvchilar va xohlovchilar taklif etiladi.