Hurmatli talabalar va magistrlar!
Samarqand davlat universitetida faqat o’quv jarayoni Samarqand shahar hokimligi huzuridagi epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasining 2021 yil 23 apreldagi bayoniga muvofiq, 2021-yil 11-mayga qadar masofaviy (onlayn) shaklda olib boriladi. Bitiruvchi kurs bakalavrlar va magistrlarning yakuniy nazoratlari hamda yakuniy davlat attestasiya sinovlari o’quv grafigida belgilangan muddatlarda sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etgan holda an’anaviy shaklda (offlayn) davom ettiriladi.