Rossiya Federatsiyasining Tomsk shahrida joylashgan Tomsk Davlat Universiteti (TDU) magistrlik dasturlariga kirish uchun masofaviy (onlayn) olimpiadalarda ishtirok etish imkoniyatini e'lon qiladi.

TDU magistrlik dasturlariga kirish uchun turli xil bonuslarni taqdim etadigan "TDU magistri" olimpiadasida qatnashish uchun ro'yxatdan o'tish vaqti 2021 yil 15 martdan 18 iyulgacha. "TDU magistri" olimpiadasida qatnashib TDUga kirish uchun maksimal ball, o'qish to'lovlariga chegirmalar va portfolio uchun qo'shimcha ball olish mumkin.

"TDU magistri" olimpiadasi TDUning quyidagi magistratura dasturlar bo'yicha kirishni osonlashtiradi: Fizika, Biologiya, Ekologiya va tabiatni boshqarish, Fundamental matematika, Geografiya, Geologiya, Ekologiya va tabiatni boshqarish, Tuproqshunoslik, Agronomiya , Iqtisodiyot, Menejment, Filologiya, Falsafa va ko'plab qo'shimcha dasturlar. Belgilangan dasturlarning to'liq ro'yxati bilan http://magistrtsu.tilda.ws/ va http://magistraturatsu.tilda.ws/ veb sahifalarda tanishishingiz mumkin.

TDU olimpiadalarida ishtirok etish uchun 2021 yil 15 martdan 18 iyulgacha, onlayn, veb-sahifa orqali, ro'yxatdan o'tishingiz kerak: https://olymp.tsu.ru/Users/SignUp

Ro'yxatdan o'tgandan so'ng, 2021 yil 1 apreldan 18 iyulgacha, masofaviy tarzda olimpiadalarda ishtirok etish mumkin.

E’lon to’g’risida qoshimcha ma’lumot SamDU Xalqaro Hamkorlik Bo’limidan olish mumkin.

Tel: 66 2391079 E-mail: irossu1420@gmail.com