Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.F.02.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishida Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi 2021-yil 18-dekabrda soat 10:00, 13:00 va 15:00da bo‘lib o‘tadi.

Kun tartibi:

1. Amridinova Dilrabo Tursunovnaning “Jadidchilik ta’limotida komil inson konsepsiyasining falsafiy-ijtimoiy mohiyati” mavzusidagi 09.00.03 – “Falsafa tarixi” ixtisosligi bo‘yicha falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi ishi himoyasi.

2. Sultanova Gulnoza Sabirovnaning “Kognitiv konstruktivizm tafakkur tarzi kreativligining intellektual asosi sifatida” mavzusidagi 09.00.01 – “Ontologiya, gnoseologiya va mantiq” ixtisosligi bo‘yicha” ixtisosligi bo‘yicha falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi ishi himoyasi.

3. Xandamova Ma’rifat Akramovnaning “Abu Rayhon Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari” mavzusidagi 09.00.03 – “Falsafa tarixi” ixtisosligi bo‘yicha falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi ishi himoyasi.

4. Har xil masalalar.

Manzil: Camarqand shahri, Universitet xiyoboni 15. Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti, 1-qavat, 105-xona.