Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Oksford Islom tadqiqotlari markazi 2022-2023 o'quv yillariga mo‘ljallangan olimlar va doktoranturadan keyingi davrda tadqiqot olib boruvchilar uchun stipendiya tanlovini e’lon qiladi

    Oksford Islom tadqiqotlari markazi tomonidan 2022-2023 o’quv yillariga mo’ljallangan stipendiya tanlovi e’lon qilindi. Dasturda ishtirok etish uchun eng kamida PhD darajasiga ega bo’lishi talab etiladi.

    Mazkur stipendiya Islomni va Islom olamini o’rganish bilan bog’liq bo’lgan gumanitar yoki ijtimoiy fanlar, xususan, antropologiya, iqtisodiyot, geografiya, tarix, xalqaro munosabatlar, huquq, adabiyot, falsafa, siyosat, din va sotsiologiya kabi yo’nalishlarda tadqiqot olib borish uchun ajratiladi.

    2022-yil oktabr oyidan boshlanadi, hamda 5000 funt sterling miqdoridagi stipendiya yoki ta’til to’lovlariga qo’shimcha mablag’ sifatida taqdim etiladi.

    Oksford Islom tadqiqotlari markazi to’g’risidagi batafsil ma’lumotlar bilan https://www.oxcis.ac.uk/ havolasi orqali tanishish mumkin. Tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan nomzodlar mustaqil ravishda https://www.oxcis.ac.uk/visiting-fellowships havolasida anketa to’dirishlari kerak. Hujjat topshirishning oxirgi muddati 2022 yil 28-yanvar.

    Qo'shimcha ma’lumot universitet xalqaro hamkorlik bo'limidan olish mumkin: Tel: +998 66 240-28-53,  irossu1420@gmail.com