Tayyorlov markaziga o‘rta maktabni tugatgan yoshlar, muddatli harbiy xizmatni o‘tab kelgan fuqarolar, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10,11-sinf o‘quvchilari hamda akademik litseylarning bitiruvchi kurslarida o‘qiyotgan o‘quvchilar shartnoma asosida qabul qilinadilar.

Tayyorlov markazi: - fizika, matematika, amaliy matematika va informatika, iqtisodiyot, kimyo, biologiya, ekologiya, tibbiyot, geografiya, ozbek filologiya, tarix, huquqshunoslik, rus filologiya, boshlangich talim, pedagogika va psixologiya, maktabgacha talim, psixologiyahamda chet tili (ingliz, nemis, fransuz tillari) yo‘nalishlari bo‘yicha ozbek va rus guruhlariga tinglovchilar qabul qiladi.

Tayyorlov markaziga kiruvchilar quyidagi hujjatlarni topshiradilar:

  • rektor nomiga ariza;
  • shartnoma (to‘lov - naqd, pul ko‘chirish yoki plastik kartochkalar orqali amalga oshiriladi);
  • ma’lumoti haqidagi hujjat;
  • 4 dona 3,5x4,5sm. o‘lchamli surat;
  • pasport nusxasi.

Tayyorlov markaziga hujjatlar 10-sentyabrdan 1-oktyabrgacha qabul qilinib, 2-3 oktyabr kunlaritest – suhbat o‘tkaziladi. Tayyorlov markazida mashg‘ulotlar 4-oktyabrdan boshlanadi.Markazda o‘qish muddati – 10 oy.

Darslarni universitetning mukammal tajribaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilari olib boradilar.

Tayyorlov markazini tugatganlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy o‘quv yurtlarining 1-kurslariga umumiy qoidalar asosida qabul qilinadi.

ESLATMA: Tayyorlov markazidagi darslar test bloklaridagi

mutaxassisliklarga mos fanlar dasturi asosida olib boriladi.

Murojaat uchun manzil:

Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15.

Tayyorlov markazi dekanati (Fizika fakulteti –

2 qavat), 27 xona.

Telefon: (66)239-12-94, (90) 656-09-19.