Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi orqali Turkiya Sanoat va texnologiyalar vazirligi tomonidan Samsun viloyatining “Chorshamba” aeroportida, 2022-yilning 30-avgustidan 4-sentabrigacha “Teknofest” aviatsiya, kosmos va texnologiya musobaqasi o’tkaziladi.

    Musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar joriy yilning 28-fevraliga qadar ushbu havola orqali ro’yxatdan o’tishlari lozim: https://teknofest.org/en/competitions/

    Qo'shimcha ma’lumotlarni universitet xalqaro hamkorlik bo'limidan olishingiz mumkin: Tel: +998 66 240-28-53,  irossu1420@gmail.com