Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi instituti “Nazariy fizika va kvant elektronika” kafedrasi professori Rustam Ibadov fizika yo‘nalishi 3-kurs  talabalariga “Elektrodinamika” fanidan “Ixtiyoriy harakatdagi zaryadlarning maydoni” mavzusida ochiq darsi bo‘lib oʻtadi.

    Dars 2025-yil 5-mart kuni soat 12:00 da Muhandislik fizikasi instituti 211-xonada boshlanadi.  Ochiq darsga barcha qiziquvchilar taklif etiladi.