Samarqand davlat universitetida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro ta’lim dasturlari fakultetiga talabalarni qabul qilish uchun kirish imtihonlarining birinchi bosqichi 2021-yil 23-24-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Imtihonlar test sinovi tarzida, 2 smenada tashkil etiladi. Test topshiriqlari xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasasi bilan kelishuvga asosan uchta fan blokidan iborat bo‘ladi.

Ikkinchi bosqich kirish imtihonlari qo‘shma ta’lim o‘qish tili bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o'tkaziladi.

Test sinovlarini pandemiya sharoitini hisobga olgan holda ochiq maydonda, ya’ni universitetning fizika-kimyo fakulteti o‘quv binosi hovlisida o‘tkaziladi.

Qo'shimcha ma’lumot uchun: +998 93-000-04-41