-Unga ko'ra abituriyentlar tasdiqlangan jadval asosida 2021-yilning 17-20 avgust kunlari maxsus (ixtisoslik) fanlaridan kirish sinovlari topshiradilar.

-Kirish sinovlari universitetning Fizika fakulteti binosida 4 smenada o'tkaziladi.
1-smena 08-00; 2-smena 11-00; 3-smena 14-00; 4-smena 17-00.

Barcha abituriyentlar:

-Abituriyentlar https://magistr.edu.uz/ sayti orqali shaxsiy kabinetlaridan "Abituriyentning qayd varaqasi-Ariza"ni elektron shaklda yuklab olgach, printer orqali oq qog‘ozga chiqartirgan holda imtihonga Pasport (yoki ID karta) bilan birga olib kelishlari;

-Belgilangan joyga 1 soat avval yetib kelishlari;

-Tana harorati 37⁰ darajadan oshmagan holda bo'lishlari lozim.

Qo'shimcha savollar bilan Qabul komissiyasining "Call Center" raqamlariga bog'lanishingiz mumkin.

⏩ Jadvalni yuklash