“Chevening” stipendiyalar dasturi Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan moliyashtiriladi. Bunda o‘qish uchun to‘lov, oylik stipendiya, aviachipta xarajatlari, Britaniyaga kelib-ketish, viza xarajatlari hamda Britaniyada tashkil etiladigan Chevening tadbirlari uchun xarajatlarni qoplash ko‘zda tutilgan.

Mazkur dastur Britaniyaning barcha oliy ta’lim muassasalarida, shular qatorida Kembridj, Oksford, London iqtisodiyot maktabida turli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha magistraturada tahsil olish imkonini beradi.

Stipendiya tanlovida ishtirok etish uchun www.chevening.org/apply havolasi orqali ariza topshirish zarur.

Onlayn ariza topshirish muddati: 2021-yil 3-avgustdan 2-noyabrga qadar.

Stipendiyada qatnashish uchun nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:

- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;

- o‘qish tugaganidan so‘ng kamida 2 yildan keyin O‘zbekistonga qaytish;

- bakalavr diplomi mavjudligi;

- 2 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lishi;

- Britaniya oliy ta’lim muassasalarining 3 ta magistrlik dasturiga ariza topshirish va 2022 yil 14 iyulgacha kamida bitta dasturga to‘liq qabul qilinish.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat etishingiz mumkin: +998 66 2391079, irossu@samdu.uz