Qozog‘iston Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi qoshidagi Boloniya jarayoni va akademik mobillik markazi tomonidan 2021-2022 o‘quv yilida mazkur davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat, magistratura va doktorantura yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olish uchun stipendiya tanlovlarini e’lon qilingan.

Mazkur stipendiya va grantlar univrsitetning ilmiy xodimlari, o‘qituvchi va talabalari uchun mo‘ljallangan. Nomzodlar muayyan talablarga

javob berishlari lozim, ular hujjatlar natijalari asosida tanlab olinadi va hujjatlarga ularning rus yoki ingliz tiliga notarial tasdiqlangan tarjimalari ilova qilinishi kerak.

Xujjat topshirish muddati 2021 yil 20-iyuldan kechiktirilmagan holda on-line tarzda quyidagi elektron manzilga taqdim etishlari kerak: admission@n-k.kz

Tanlov to‘g‘risida batafsil ma’lumotni www.enic-kazakhstan.kz havolasi orqali tanishish mumkin. Qo‘shimcha ma’lumotni 8 10 (7172) 287526 telfon raqami va universitet xalqaro hamkorlik bo‘limidan olish mumkin.

SamDU xalqaro aloqalar bo‘limi - 66 239 1079.