Samarqand davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.B.02.08 raqamli ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi 2021-yil 24-iyul soat 10:00 da biologiya fakulteti faollar zalida bo‘lib o‘tadi.

KUN TARTIBI:

1. Narzullayev Sardorbek Baxriddinovichning « Gʻarbiy Zarafshon tog‘ tizmasi biosenozlari ko‘p yillik o‘tlari fitonematodalarining zonal tarqalishi va ekologiyasi » mavzusidagi (03.00.06–zoologiya) biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertasiya ishining himoyasi.

2. Har xil masalalar.

Manzil: 140104, Samarqand sh., Universitet ko‘chasi 15, Biologiya fakulteti, 2-qavat, 208-xona.