Samarqand davlat universitetida bakalavr taʼlim yo‘nalishlari negizida “2+2” bakalavriat taʼlim tizimi joriy etildi…
Keyingi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotining jadal rivojlanishi, ishlab chiqarish va sanoat korxonalarida zamonaviy bilim va yuqori malakaga ega kichik mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni oshirdi. Bu boradagi kadrlarga bo‘lgan talab oliy taʼlim muassasalarida mavjud 4 yillik bakalavriat dasturi negizida “2+2” bakalavriat taʼlim tizimini joriy etishni taqozo etmoqda.
Shu munosabat bilan oliy taʼlim tizimida respublikamiz texnikumlarining mutaxassislik sohalariga mos bakalavr yo‘nalishlaridan ayrimlarining dastlabki 4 semestrini texnikumlarning o‘quv rejalariga moslashtirib, ikkinchi kursni 120 kredit to‘plab bitirgan talabaga tegishli soha bo‘yicha “Kichik mutaxassis” darajasidagi texnikum diplomini berish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga, qolgan 5-8 semestrlarni davom ettirishni istagan va 4 yil o‘qigan bakalavr akademik darajasi beriladi.
Oliy taʼlim tizimidagi “2+2” bakalavr taʼlim yo‘nalishlari bitiruvchilariga kichik mutaxassis va bakalavr akademik darajasini berish orqali sanoat korxonalarining malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondirishga erishiladi.
Shuningdek, ko‘pi bilan 8 yil davomida korxonalarda ishlagan kichik mutaxassisga tegishli taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishni davom ettirish imkonini berish mumkin.
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida bakalavr taʼlim yo‘nalishlari negizida quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha “2+2” bakalavriat taʼlim tizimi joriy etildi:
1. 60420100 - Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha).
2. 60610100 - Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha).
3. 60610600 - Dasturiy injiniring.
4. 60811000 - O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha).
5. 60811800 - Mevachilik va uzumchilik.
6. 60811900 - Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik.
7. 60812000 - Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish.