Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi 2022-yil 21-sentabr soat 14:00da bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibi:
1. Raximova Mohinabonu Abduxamid qizining 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligiga oid “O‘zbek tilida esse matnlarining lingvostilistik va lingvokulturologik tahlili” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ilmiy seminari muhokamasi.
2. Har xil masalalar.
Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 15, Samarqand davlat universiteti, Bosh o‘quv binosi 1-qavat, 105-xona.