“Seeds for the Future” - Huawei kompaniyasining global dasturi bo‘lib, korporativ ijtimoiy mas’uliyatni bajarish doirasida amalga oshiriladi.

    "Seeds for the Future" 8-loyihasi start bеrilganini e’lon qiladi va tеxnika mutaxassisligi yo‘nalishidagi (STEM) ta’lim muassasalarining yuqori (3-,4-) bosqich talabalarini tanlovda ishtirok etishga taklif etadi. Arizalar 10-oktabrga qadar qabul qilinadi.

    Ariza topshirish uchun talabalar quyidagilarni taqdim etishlari kerak:

    - CV (ingliz tilida)

    - Video - o'zini tanishtirish (ingliz tilida)

    - Nima uchun dasturga a'zo bo'lishni xohlayotganingizni tushuntiruvchi insho (ingliz tilida)

    - O'quv yutuqlaringiz haqida ma'lumot (transcript)

    - Kurslar, treninglar, nashr etilgan maqolalar va boshqalarni tugatganlik sertifikatlari.

    Hujjatlar toʻplamini universitetning seeds@samdu.uz pochtasiga yuboring.

    Tanlovning birinchi bosqichidan o'tgan talabalar Huawei vakillari bilan suhbatga taklif qilinadi. Suhbat, shuningdek, keyingi loyiha ingliz tilida amalga oshiriladi. Suhbat natijalariga ko‘ra, eng yaxshi talabalar 2022-yil noyabr oyida boshlanadigan dastur ishtirokchilariga aylanadi.

    Dastur haqida batafsil ma’lumotlarni ushbu havola https://www.huawei.com/uz-uz/news/uz/2022/uzbekistan-seeds-for-the-future-2022-start, yoki Samarqand davlat universitetining xalqaro hamkorlik bo’limiga murojaat qilish orqali olishingiz mumkin.