Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasining (“РАНХиГС”) Davlat boshqaruvi oliy maktabi “Executive Master in Public Management” (rahbar kadrlar uchun davlat boshqaruvi kursi) kursiga ochiq tanlovni e’lon qiladi. Dasturda ishtirok etish uchun tanlov joriy yil oktabr oyidan boshlanadi.

    Kurslar 9 oy davom etadi, MDH davlatlarining fuqarolari uchun o’quv kurslari tekin. Kurslar quyidagi yo’nalishlar bo’yicha tashkil etiladi:

  • Davlat xizmatchilari
  • Davlat ishtirokidagi kompaniyalarning top-menejerlari
  • Ijtimoiy soha rahbarlari (universitetlar, madaniyat muassasalari va boshqalar)
  • Iqtisodiyotning davlat sektori rahbarlari.

    Nomzodlarga qo'yiladigan talablar:

  • MDH a'zosi bo'lgan davlat fuqaroligi;
  • Rus tilida erkin muloqot qila olishi;
  • Oliy ma'lumot diplomiga ega bo'lish;
  • Dasturni batafsil o'rganish uchun kelajakdagi xalqaro hamkorlik loyihasi haqida fikrga ega bo'lish.

    Ro'yxatdan o'tish uchun zarur bo'lgan hujjatlar:

  • Ariza;
  • Oliy ma'lumot to'g'risidagi hujjat nusxasi (diplom);
  • Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning tegishli tartibda tasdiqlangan rus tiliga tarjimasi (yoki rus tiliga tarjimasining nusxasi), to‘liq rus tilida rasmiylashtirilgan hujjatlar bundan mustasno;
  • Pasport nusxasi;
  • Surat.

    Kurs to’grisidagi batafsil ma’lumotni quyidagi havoladan olishingiz mumkin https://open-empm.ru/CIS, qo’shimcha ma’lumot uchun xalqaro hamkorlik bo’limiga murojaat etishingiz mumkin.