Joriy yilning 10-noyabr kuni, soat 12:00 da Samarqand davlat universitetida ma’ruzalar binosi 107 xonada “IT sohasini rivojlantirish istiqbollari mavzusida” uchrashuv o’tkaziladi.

    Tadbirda “Dasturlash nimaga kerak va bugungi kunda qaysi dasturlash tillarini o‘rganish kerak” mavzusi bo’yicha “Codeschool” korxonasi (https://t.me/codeschooluz) asoschisi Zarif Naxalov, “Freelancingga birinchi qadam va “Nextgen” korxonasida kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj” mavzusida “Nextgen” korxonasi (http://www.nextgen.uz/) asoschisi Akbarov Mukhammad Ali, “Startap va innovatsion loyihalarni yaratish istiqbollari” mavzusida Viloyat Innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi boshlig‘i Alisher Narbayevlar ma’ruzasi bilan ishtirok etadi.

    Seminarga barchani taklif etamiz…