2024-2025 o‘quv yili uchun Toshkentdagi Rus uyi belgilangan kvota doirasida Rossiya Federatsiyasi byudjeti hisobidan bepul ta’lim olish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlanganligini e’lon qiladi.

    Chet el fuqarolari uchun Rossiya universitetlarining ta’lim dasturlari bilan Rossiya Federatsiyasi Ta’lim va fan vazirligi portalida tanishishi mumkin: https://russia-edu.minobrnauki.gov.ru/

    Ro'yxatdan o’tish 2023-yil 15-dekabrgacha quyidagi veb-sayt orqali amalga oshiriladi: https://auth.education-in-russia.com/user/self/register?lang=ru

    Tanlovning birinchi bosqichida ishtirok etish uchun kerakli hujjatlar:

1. Xorijga chiqish uchun pasport;

2. Ta'lim to’g’risidagi hujjat;

3. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik;

4. Shaxsiy yutuqlar (agar mavjud bo’lsa);

5. Tavsiya xati (faqat magistratura, ordinatura, aspirantura va ijodiy mutaxassisliklar uchun);

6. Nomzodning ariza shakli.

    Hujjatlarni qulay ko’rish va tekshirish uchun biz PDF formatidagi fayllarni yuklab olishni tavsiya qilamiz (Adobe Acrobat Reader).

    Portalda ro’yxatdan o’tishda Yandex va mail.ru pochta xizmatlaridan foydalaning.