Ochiq dars
2023-yil 20 dekabr kuni Samarqand davlat universiteti tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi dotsenti (PhD) Maxmudova Mohinur Ravshanbekovna Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish instituti 3-kurs 301 guruh iqtisod yo'nalishi talabalariga "O'zbekiston milliy iqtisodiyoti" fanidan "Milliy iqtisodiyot barqarorligini ta'minlashda kichik biznes xususiy tadbirkorlikning o'rni" mavzusida namunaviy ochiq dars o'tadi.
Ochiq dars inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish instituti 102 xonada, soat 13.00 da boshlanadi. Barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin.