Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/30.12.2019.FM.02.04 raqamli Ilmiy kengash kengash asosida bir martalik Ilmiy kengashning yig‘ilishi 2024 yil 18 may kuni, soat 12:00 da bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibi:
1. Raximov Sharof Amonovichning 01.04.09-Magnit hodisalari fizikasi ixtisosligi bo‘yicha “Paramagnit granat va ortoalyuminat kristallarda nokramers nodir yer ionlarining magnitooptik va optik spektroskopiyasi” mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan doktorlik dissertatsiya ishining himoyasi.
2. Turli masalalar
Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, Muhandislik fizikasi instituti, 114-xona.