Ochiq dars
8-may kuni Samarqand davlat universiteti falsafa va milliy g'oya kafedrasi professori, Ergasheva Maxbuba falsafa yo'nalishi magistrantlariga “Tasavvuf falsafasi” fanidan “Tasavvuf falsafasining umuminsoniy ahamiyati” mavzusida ochiq dars o’tadi.
Ma’ruza darsi Psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakultetining 306-xonasida soat 14:30 da boshlanadi. Ochiq darsga barcha qiziquvchilarni taklif etamiz.