PhD.03/30.12.2019.K.02.05 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi
Isaqulova Marxabo Nemat qizining dissertatsiya ishi himoyasi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/30.12.2019.K.02.05 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi an’anaviy yig‘ilishi 2024 yil 21-may kuni, soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibi:
1. Isaqulova Marxabo Nemat qizining 02.00.02-Analitik kimyo ixtisosligi bo‘yicha “Zol-gel texnologiyasi asosida anorganik materiallar ishlab chiqish va ularni kimyoviy sensorlarda ishlatish” mavzusidagi kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishining himoyasi.
2. Turli masalalar
Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, Biokimyo instituti, Kimyo binosi, 220-xona.